Qönğirot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor G.G. farzandi uçun undiruvçi N.S. foydasiga iş haqining 1/4 qismi miqdorida hamda yana bir qarzdor M.A.dan undiruvçi D. M. foydasiga iş haqining 1/2 qismi miqdorida aliment tölaşlari lozim edi. Bu haqda Kun.uz’ga MIBning Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi xabar berdi.
Ma'lum bölişiça, ijro hujjatlari bölim iş yurituviga kelib tuşgan kundan ijro işi yurituvi qözğatilgan. Qarzdor otalarga taniştirilgan hamda qayta-qayta ogohlantirişlarga qaramasdan joriy yilning oktyabr oyigaça otalar tomonidan aliment umuman tölanmagan.
Oqibatda oktyabr oyi holatiga G.G.ning qarzdorligi 15 mln sömdan, qarzdor M.A.ning qarzdorligi esa 7,4 mln sömdan oşib ketgan.
Şu sababli byuroning tuman bölimi tomonidan qarzdorlarga nisbatan MJtKning 474-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma tuzilgan holda töplangan hujjatlar sudga yuborilgan. Natijada JIB Şumanay tuman sudi tomonidan qarzdor M.A. va G.G.ga nisbatan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi qöllangan.
Bundan oldin MIB Möynoqda undiruvçi foydasiga qariyb 270 mln sömni undirib bergandi.










