«Suğurta bozorini raqamlaştiriş va hayot suğurtasi sohasini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra:

  • 2022 yil 1 iyuldan boşlab suğurtaning barça turlarini elektron şaklda amalga oşirişga ruxsat beriladi;
  • 2023 yil 1 yanvardan boşlab majburiy suğurtaning barça turlari böyiça suğurta polislarini qoğoz blankalarda rasmiylaştiriş amaliyoti bekor qilinadi;
  • 2022 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 yanvarga qadar hayot suğurtasi sohasida faoliyat yuritayotgan suğurta taşkilotlarining mazkur faoliyati qismi uçun hisoblanadigan foyda soliği böyiça belgilangan soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi;
  • 2022 yil 1 yanvardan 2024 yil 1 yanvarga qadar iş beruvçi tomonidan öz xodimlari uçun baxsiz hodisalardan ehtiyot şart suğurta qiliş va tibbiy suğurta turlari böyiça tuzilgan suğurta şartnomalari asosida Özbekiston Respublikasida suğurta faoliyatini amalga oşirişga litsenziyasi bölgan yuridik şaxslarga yönaltiriladigan mablağlar jismoniy şaxslarning jami daromadi sifatida qaralmaydi.

Şuningdek, jismoniy şaxslarning uzoq muddatli hayot suğurtasi şartnomasi böyiça yönaltirilgan mablağlari hamda ularga tölangan suğurta tölovi soliqqa tortilmasligi belgilandi.

Avvalroq, muddati ötgan suğurta polisi yoki suğurta polisida nazarda tutilmagan şaxs avtotransport vositasini boşqargani uçun jarima miqdori ikki baravarga kamaytirilişi mumkinligi xabar qilingandi.