Qonun loyihasi bilan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 5ta moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlik uçun tayinlanadigan jarimalar miqdori ma'muriy huquqbuzarliklarning xavflilik darajasidan kelib çiqib keskin kamaytirilmoqda. 

Xususan, muddati ötgan suğurta polisi yoki suğurta polisida nazarda tutilmagan şaxs avtotransport vositasini boşqarganligi uçun jarima miqdori ikki baravarga kamaytirilyapti.

Transport vositalari egalari tomonidan suğurta polisini olmaganlik uçun jarima fuqarolarga ikki baravarga, mansabdor şaxslarga esa uçdan bir qismga kamaytirilmoqda. 

Fuqarolar tomonidan valuta qiymatliklarini noqonuniy oliş yoki ötkaziş uçun jarima miqdori bazaviy hisoblaş miqdorining ön baravaridan yigirma baravarigaça bölgan miqdor oraliğida belgilanmoqda.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan buxgalteriya hisobi va hisoboti tartibini buzganlik uçun mansabdor şaxslarga nisbatan jarimalar miqdori deyarli ikki baravarga, yölovçilarni litsenziyasiz taşiş bilan şuğullanganlik uçun jarima miqdori uç baravarga kamaytirilmoqda.

Fuqarolar tomonidan şaxsini tasdiqlovçi hujjati bölmagan, vaqtinça yoki doimiy röyxatdan ötmagan fuqarolarni turar-joy binolarida yaşaşga ruxsat berganlik uçun jarima miqdorini 735 ming söm, yil davomida takroriy sodir etilgan taqdirda 1,225 mln söm etib belgilaş taklif qilinmoqda.

Qonun loyihasi uçinçi öqişda ham qabul qilindi.