AQŞning avtomobillarni ijaraga beruvçi Hertz kompaniyasi Tesla bilan 100 mingta elektromobil sotib oliş haqida kelişuvga erişdi. Bu Tesla tarixidagi eng yirik buyurtma bölib, kelişuvning moliyaviy tomonlari oşkor qilinmagan. OAVning hisob-kitobiga köra, avtomobillar uçun tölanadigan umumiy summa 4,2 mlrd dollarga yetişi mumkin.

Kelişuvga köra, elektromobillar 2022 yil oxirigaça yetkazib berilişi kerak.

Şundan keyin Hertz’ning butun dunyo böylab yoyilgan avtoparkining 20 foizini elektromobillar taşkil qiladi. Hozirda kompaniya ijaraga beriluvçi 430-450 mingta avtomobilga ega.

Hertz AQŞ va Yevropada Tesla elektrokarlarini noyabrdan boşlab ijaraga bera boşlaydi. Kompaniya, şuningdek, elektromobillar uçun quvvatlaş stansiyalari qurişini e'lon qilgan. Jumladan, 2022 yil oxirigaça bunday stansiyalar sonini 65 ta davlatda 3 mingtagaça, 2023 yil oxirigaça esa 100 ta davlatda 4 mingtagaça yetkaziş rejalaştirilgan.

Uşbu yangiliklar ortida ikkala kompaniya aksiyalari ham 7 foizga oşgan. E'tiborlisi, Tesla aksiyalari narxi navbatdagi marotaba rekord qayd qilgan va bir donasi narxi 978 dollarga yetgan. Bunday körsatkiçlar ortida Tesla’ning bozor qiymati 1 trln dollardan, kompaniya asosçisi Ilon Maskning boyligi esa 250 mlrd dollardan oşgan.

Tesla kapitallaşuv darajasi böyiça bozor yetakçilari - Apple, Microsoft kabi kompaniyalardan ortda qolmoqda. Biroq u 1 trln dollarlik kapitallaşuvga eng tez erişgan kompaniyaga aylandi. 2003 yil iyulda taşkil topgan Tesla’ga buning uçun 18 yil talab etildi.

Hertz yaqinda bankrotlik jarayonidan ötdi: kompaniya yiğilib qolgan qarzlari va pandemiya ortida maşinalar ijarasiga talab pasaygani sababli 2020 yil may oyida bankrotlikdan himoyalaşni söragan. Natijada dunyoda maşinalarni ijaraga beruvçi eng keksa kompaniyalardan biri investitsion jamğarmalar guruhi tomonidan sotib olingan.