Içki işlar tizimida kinologiya xizmati faoliyat yuritadi. “Kinologiya” sözi qadimgi yunon tilida “Itlar haqidagi fan” degan ma'noni bildiradi. Xizmat itlari içki işlar xodimlariga jamoat tartibini saqlaş, sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini oliş, ularni issiq izidan foş etiş va yana köplab holatlarda yaqin kömakçidir.

Biz Andijon viloyat içki işlar boşqarmasi Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlaş boşqarmasining kinologiya xizmatini muvofiqlaştiriş bölimidamiz.

Bizga aytişlariça, bölimda xizmat qilayotgan xizmat itlari ötgan yil davomida 119 ta jinoyatni oçişda yordam bergan.

Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz
Foto: Kun.uz

“Andijon viloyati IIB tasarrufidagi kinologiya xizmati faoliyatini muvofiqlaştiriş bölimimizda 50dan ziyod xizmat itlarimiz bor. Xizmat itlarimizdan jamoat tartibini saqlaş, jinoyatçilikning oldini oliş, sodir etilgan jinoyatlarni izidan foş etişda, qolaversa avtovokzallar, vokzallar va aeroportlarda huquqbuzarliklarning oldini olişda foydalanib kelinmoqda.

Foto: Kun.uz

Biz bu xizmat itlarimiz bilan iz qidiruv yönalişi, giyohvand vositalari, portlovçi moddalarni qidirib topiş, antiterror yönalişlarida muntazam ravişda maşğulotlar ötkazib turamiz. Natijada ularda öziga xos könikma şakllanadi”, – deydi instruktor-kinolog Maş'albek Şahobiddinov.

Bölimdagi itlar asosan nemis ovçarkasi zotidan bölib, söngi yillarda katta ösişga erişgan belgiya ovçarkasi zotidan ham bor ekan. Har ikki turdagi itlar bilan tizimli ravişda maşğulotlar ötkazib boriladi. Maşğulotlar maydonçasida itlar turli tösiqlardan qanday ötişini kuzatdik.