Loyiha Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari körsatilişida soğlom raqobat muhitini şakllantiriş hamda ularni olis va çekka hududlarda körsatiş maqsadida işlab çiqilgan.
Özgartirişlar xususiy tadbirkorlarga davlat xizmatlari körsatiş huquqini beriş bilan boğliq. Xususan, yangi nizom davlat xizmatlarini körsatişda yakka tartibdagi tadbirkorga agent sifatida iştirok etiş uçun sertifikat beriş tartibini belgilaydi. Amaldagi nizom tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan davlat xizmatlari körsatiş tartibini tartibga soladi.
Talabgorga sertifikat vakolatli organ tomonidan davlat xizmatlarini körsatiş böyiça malaka oşiriş kursi va malaka imtihoni natijalariga köra 2 yil (3 yil örniga) muddatga beriladi.
Talabgorlarga qöyiladigan talablar töldirildi, xususan:
- binoning tegişli hududdagi davlat xizmatlari markazlari va filiallaridan kamida 5 km uzoq masofada joylaşganligi;
- talabgor uçun alohida binoning yoki uning qismining mulk huquqi (ijara huquq, tekin foydalaniş huquqi) asosida tegişliligini tasdiqlovçi hujjat mavjudligi;
- insofsiz ijroçilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi.
Öquv kurslari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan körsatiladigan, talabgorlar tanlagan xizmatlar turlari böyiça 60 soatlik öquv dasturi (hozir 40 soatlik dastur) asosida onlayn şaklda taşkil etiladi.
Öquv kurslarida qatnaşiş uçun tölov miqdori öquv markazlari tomonidan mustaqil belgilanadi. Biroq, uşbu summa har bir talabgor uçun BHMning 5 baravaridan oşmasligi lozim.












