Ispaniya: «Real» — bir kunlik yetakçimi?
«Rayo Valekano» — «Barselona» — 1:0 (Falkao, 30)

Mağlubiyatli klasiko va fanatlarning Ronald Kuman avtomobiliga hujumidan keyin kök-anorranglilar safar öyiniga jönaşdi. Bu şanba kuni bölib ötadigan navbatdagi uy uçraşuvi oldidan muxlislar bilan munosabatlarni yaxşilab oliş uçun imkondek köringandi.

Lekin «Barsa»ning şusiz ham köp muammolarini Frenki de Yongning jarohat olişi yanada çuqurlaştirdi. Kuman muammolarni rotatsiya orqali yeçişga urindi va ötgan turda «Real»ga gol urgan Aguero ilk marta boşlanğiç tarkibda maydonga çiqdi. Ammo «Rayo» tarkibida yana bir yulduzli forvard safga qaytgandi va aynan Falkao Busketsning qöpol xatosidan keyin hisobni oçdi.

Kolumbiya yölbarsi eski an'anasini davom ettirdi va sakkiz yillik tanaffusdan keyin kataloniyaliklarga qarşi qatorasiga törtinçi öyinda gol urdi. «Barsa», xuddi klasikoda bölgani kabi tanaffusgaça raqib darvozasiga biror marta aniq zarba yöllamadi. Ikkinçi bölimda zarbalar berilişi boşlandi, ammo bu harakatlar naf keltirmadi. Hatto uç yil içida ilk bor «nuqta»dan adaşgan Depay penaltini aniq ijro etolmaganidan taşqari öyin oxirida Aguero va Gavi qulay vaziyatlarni kökka sovurdi. Kataloniyaliklarning dahşatli tuşi davom etadi. Bu mavsumda qatorasiga beşinçi uy uçraşuvida ğalaba qozongan «Rayo» 19 yil içida ilk bor kök-anorranglilarni mağlub etişga erişdi va kutilmaganda çempionatda 19 oçko bilan beşinçi öringa joylaşdi.

Öyindan keyin Kuman mağlubiyatni adolatsiz hisob deb atadi, yana bir bor tarkibning muhim futbolçilari safda yöqligini rökaç qildi va uni öyin sifati emas, faqat hujumlardagi samaradorlik darajasi taşvişga solayotganini aytdi.

Ammo endi bu haqda Ronald emas, yangi boş murabbiy boş qotirişi kerak böladi — «Barsa» öyindan keyin köp ötmay niderlandiyalik mutaxassisni iste'foga çiqardi. Bunday qadam taşlanişini ançadan buyon kutişayotgandi, ammo klubda bunga pul yöq edi. Aftidan, topişdi.

«Real» — «Osasuna» — 0:0.
«Malorka» — «Sevilya» — 1:1 (A.Sançes, 22 — Lamela, 73)

Safar öyinida mağlubiyatdan qutulib qolgan «Sevilya» bir muddatga birinçi öringa çiqdi. Ammo «Kamp Nou»da köp kuç yöqotgan «Real» öz maydonida «Osasuna»ga gol urolmadi. Şu bilan birga, pamplonaliklar yaxşi holatda ekanini e'tirof etiş kerak, jamoa «Santyago Bernabeu»ga safar öyinlaridagi tört ğalabadan iborat seriya bilan taşrif buyurgandi. Ikkinçi bölimda «Osasuna» hisobni oçişga ham yaqin kelgandi, ammo bir neça metrdan berilgan zarba darvoza ustuniga tegdi. Şuningdek, darvoza ustuni uçraşuv avvalida la liganing sentyabrdagi eng yaxşi futbolçisi sifatida taqdirlangan Benzema gol urişiga ham xalal berdi. Endilikda kuçli törtlikdagi jamoalarda bir xilda oçko yuzaga keldi, Karlo Ançelotti şogirdlari qöşimça körsatkiçlar hisobiga birinçi bölib oldi, ammo payşanba kuni «Real Sosedad» Vigoda «Selta»ga yutqazmasa, basklar yakkapeşqadamga aylanişadi.