Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qarzdor ota farzandlari voyaga yetguncha bo‘lgan muddatni hisoblab 132 million so‘m aliment to‘ladi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida qarzdor ota farzandlari voyaga yetguncha bo‘lgan muddatni hisoblab 132 million so‘m aliment to‘lagan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2019 yil 27 iyundagi qaroriga asosan qarzdor A.X.dan undiruvchi Sh.R.ga bir nafar farzandining ta'minoti uchun daromadning to‘rtdan bir qism miqdorda aliment undirish belgilangan. Sud qaroriga asosan MIB Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan. Olingan ma'lumotlarga asosan qarzdorning barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.
Muqim daromadi bo‘lmagan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash kerakligi inobatga olinib, MIB xodimlari qarzdor A.X. bilan suhbat o‘tkazgan. Unga farzandlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani tushuntirilgan.
Bunday maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota farzandi voyaga yetguniga qadar bo‘lgan muddat uchun hisoblangan 132 million 477 ming so‘mni to‘lab bergan. Shundan so‘ng tomonlarning roziligi bilan mazkur sud hujjati qonunning 40-moddasi 1-bandiga asosan tamomlangan.
Mavzuga oid
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
20:26 / 10.05.2026
Rasmiy daromadga ega bo‘lmaganlar uchun aliment hisoblashda qo‘llaniladigan miqdorlar oshdi
08:12 / 04.05.2026
Aliment to‘lamaslik uchun xotini va qizini o‘ldirgan shaxs 19 yilga qamaldi
08:33 / 24.04.2026