Facebook kompaniyasi asosçisi va rahbari Mark Tsukerberg kompaniyaning nomi Meta deb özgartirilganini e'lon qildi.
“Bugungi kundan biz Meta deb nomlanamiz”, deb aytgan yangi brendning onlayn-taqdimotida Tsukerberg.
U “Meta” sözi grekçadan “keyin” degan ma'noni anglatişini qöşimça qilib ketgan. “Men uçun u yana nimanidir quriş mumkinligini anglatadi”, deb ta'kidlab ötgan tadbirkor.
Şu bilan birga, kompaniya dasturlari nomlari özgarişsiz qoladi.
Mark yangi nom kompaniya nafaqat Facebook ijtimoiy tarmoği, balki WhatsApp messenjeri, Instagram ijtimoiy tarmoği, Oculus va boşqa servislardan iboratligini ta'kidlaşini aytgan.
“Hozirda brendimiz bir mahsulotimizga şunçalik çambarças boğlanganki, u bugungi kunda biz şuğullanayotgan barça narsani aks ettirmaydi”, deb aytgan Facebook ijtimoiy tarmoğini nazarda tutib kompaniya rahbari.
Tsukerberg yangi brend kompaniyaning boş maqsadi – metakoinotni hayotga tatbiq etişini qöşimça qilgan.
Uning aytişiça, Meta biznesi markazida Facebook ijtimoiy tarmoği emas, balki “virtual metakoinot” böladi. Şu sababli Meta foydalanuvçilariga kompaniyaning boşqa servislaridan foydalaniş uçun endilikda Facebook ijtimoiy tarmoği kerak bölmaydi.
“Metakoinot – internet taraqqiyotining yangi bosqiçi. Uning asosiy maqsadi odamlarni birlaştiriş, ularga muloqot qilişda yordam berişdir”, deb ta'kidlab ötgan Tsukerberg.
Kompaniyaning logotipi ham yangilandi. Unda kök rangdagi Myobius tasmasi va “Meta” yozuvi aks etgan.
Facebook’ning qayta nomlanişi ortida kompaniya aksiyalari narxi 3 foizga kötarilgan.
Facebook rebrending ötkazişi haqida ötgan hafta ma'lum qilingandi.
Ta'kidlanişiça, kompaniya öz nomini özgartirişini içki hujjatlari sizib çiqişi atrofidagi mojaro ortida e'lon qildi. Uşbu hujjatlarga köra, kompaniya rahbariyati köproq daromad oliş maqsadida adovatni qözğovçi ba'zi nomaqbul kontentlarga köz yumgan.












