O‘zbekistonda 151 mingdan ortiq bola Covid-19’ga qarshi emlandi
28 sentyabrdan 4 oktyabrga qadar O‘zbekistonda 151 124 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi.
Joriy yilning 28 sentyabridan bosh davlat sanitariya vrachi va milliy texnik immunologik ekspert komissiyasining qaroriga asosan, O‘zbekistonda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida, 12 yoshdan katta bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlash yo‘lga qo‘yildi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 4 oktyabrga qadar mamlakatda 12 yoshdan katta 151 mingdan ortiq bola ushbu vaksina bilan emlangan.
Bolalarni koronavirusga qarshi emlashda Farg‘ona (37 395 doza), Andijon (22 502 doza) va Namangan (21 837 doza) viloyatlari yetakchilik qilmoqda.
O‘zbekistonda 28 sentyabrdan e'tiboran 12 yoshdan katta bolalarni Covid-19’ga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlashga ruxsat berilgan. Bir oy ichida respublikada 87 mingdan ortiq 12 yoshdan katta bolalar ota-onalari va vasiylarining roziligi asosida koronavirusga qarshi emlandi.
Avvalroq SSV bolalar o‘rtasida Covid-19’ga chalinish holatlari ortib borayotgani va Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga kuniga o‘rtacha 25 nafar o‘g‘il-qiz yotqizilayotgani haqida ma'lum qilgan edi.
Bu shifoxonaga faqat Toshkent shahri va viloyatidan keltirilgan bemorlar qabul qilinayotgani e'tiborga olinsa bolalar orasida kasallanish holatlari oshganini qayd etish mumkin.
Ayni vaqtda AQShda 8 ming nafar bolalar koronavirusga chalinish oqibatida vafot etgan. Shu sababdan Qo‘shma Shtatlarning FDA maslahat qo‘mitasi (Food and drug administration – Oziq-ovqat va dori-darmon boshqarmasi) Pfizer farmatsevtika kompaniyasining Covid-19 vaksinasini 5-11 yoshdagi bolalarga ham qo‘llashga ruxsat bergan.
Mavzuga oid
23:36 / 19.09.2024
Olimlar Xitoydagi Uxan bozori koronavirusning dastlabki o‘chog‘i bo‘lganini isbotladi
13:54 / 18.09.2024
Koronavirusning yangi varianti XeC tarqalmoqda: u oldingilaridan qanday farq qiladi?
21:46 / 20.08.2024
Maymunchechak epidemiyasi koronavirus kabi jiddiy muammo emas – JSST
09:57 / 10.08.2024