VVS telekanalining Weibo ijtimoiy tarmoği foydalanuvçilariga tayanib xabar berişiça, yuk maşinalar haydovçilari öz avtomobilini yonilği bilan töldiriş uçun kun böyi navbatda turişlariga töğri kelmoqda. Bunday maşinalar baki ming litrgaça benzin ololsa ham, ularga 100 litrdan köp benzin sotişga ruxsat berilmayapti.
Xitoyning ba'zi joylarida yanada qat'iyroq çoralar kiritilgan. Ba'zi hududlarda haydovçilarga 25 litrdan köproq benzin sotib oliş taqiqlangan bölsa, boşqa hududlarda 300 yuangaça (47 dollar) benzin sotib olişga ruxsat berilgan.
Ma'lumotlarga köra, Xitoy hamon energetik inqiroz holatida qolmoqda – mamlakatda gaz va kömir zaxiralari qisqarib ketgani zavodlarning ommaviy yopilişiga va ba'zi joylarda elektr ta'minotining navbati bilan uzilişiga olib kelgan.
Ekspertlarning ta'kidlaşiça, bunday vaziyat pandemiya vaqtida vujudga kelgan global logistika inqirozini yanada çuqurlaştirişi mumkin, çunki yonilği taqçilligi uzoq masofalarga tovarlarni taşişga va buning oqibatida savdo hajmiga salbiy ta'sir körsatadi.
Sentyabr oxirida Britaniyada ham yonilği inqirozi kuzatilgandi. Mamlakatdagi AYoQŞlarning yarmiga yaqini yonilğisiz qolgandi, yonilği borlarida esa katta navbatlar vujudga kelgandi. Bu muammo mamlakatda yuk maşinalari haydovçilari yetişmayotgani bilan izohlangandi.
Avvalroq Britaniya hukumati mamlakatda yonilği inqiroziga barham berilgani, yonilğiga talab 3 marta kamaygani, omborlar esa u bilan 45 foizga tölganini ma'lum qilgan.












