Oliy Majlis Senatining 20–21 oktabr kunlari bölib ötgan XX yalpi majlisida parlament yuqori palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burhonov hamda Avtomobil yöllari qömitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyev örtasida bahsli holat yuzaga keldi.
Qömita raisi senatorning ma'ruzasida ta'kidlab ötilgan masalalar yuzasidan keskin munosabatini bildirdi. Bunga javoban Qutbiddin Burhonov ham öz fikrini bildirdi.
“Senatorimiz avtomobil yölini joriy ta'mirlaş işlari bajarilgandan söng uning xizmat qiliş muddatiga nisbatan talab belgilanmagani va bu hol jiddiy muammolarga sabab bölayotgani haqida fikr bildirdilar. Biz 30 santimetrlik yamoqdan tortib katta yamoqlargaça yöllarni joriy ta'mirlaş deb hisoblaymiz.
Joriy ta'mirlangan yöllarning xizmat qiliş muddatini normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilaş mumkin emas, dunyo böyiça heç qayerda bunday narsa yöq. Çunki kiçkina “yama” ham, kattasi ham joriy ta'mirlaş hisoblanadi. Uni joyida sifatli qiliş kerak, böldi, boşqa narsa kerakmas, men şunday deb hisoblayman”, – dedi Abdurahmon Abduvaliyev.
“Ta'mirdan söng yöl neça yil xizmat qilişi kerakligi belgilanmagan” — senator
Öz navbatida, Qutbiddin Burhonov qömita raisining iddaolarini rad etib, amalga oşirilayotgan yöl qurilişi sifatini tanqid qildi va har bir qilingan işning kafolati bölişi keraklini ta'kidladi.
“Siz rahbarlik qilayotgan Avtomobil yöllari qömitasi tasarrufidagi taşkilotlar ta'mirlagan yöllar qaysidir masofadan boşlanib, belgilangan masofaning oxiriga yetilganda boşida ta'mirlangan asfalt köçib ketayotgan holatlar bor. Ya'ni ta'mirdan keyin yöllarning sifati bir yil u yoqda tursin, bir oyga ham bormayapti. Men kapital ta'mirlaş haqida gapirayotganim yöq.
Qoplamasi köçib ketgan yoki öydim-çuqur yöllarni joriy ta'mirlaş haqida özingiz gap oçdingiz. Şu sababli ma'lumot berayotganda holatga obektiv baho beriş kerak. Men joriy ta'mirlangan yöllarning xizmat körsatiş muddatini belgilaş haqidagi fikrlarimni ekspertlar guruhi bilan birga vaziyatni örganganimdan keyingina aytyapman. Har bir qilingan işning kafolati bölişi kerak. Kafolatsiz qilingan iş mana şunday notöğri xulosalarga olib keladi”,













