Yoqimsiz hidning sababi nimada?
Bunday hidning sababi moğor ekani yuqorida aytib ötildi. Bu kirlar old tarafdan solinadigan maşinalarga xos. Kirlar vertikal yuklanadigan maşinalarga bir sikl uçun suv kamroq sarflanadi. Avtomat kir yuviş kukunini yöriqnomada aytilgan miqdorda solsangiz, bari köngildagidek keçadi. Biroq kukunni köproq solsangiz yoki qölda yuviş uçun möljallangan kukundan foydalansangiz, köp köpik hosil böladi. Maşina esa uni töliq çayib taşlolmaydi. Natijada baraban va eşik atrofidagi rezinada köpik qoldiqlari qolib ketadi. Unga esa kiyimlardagi çang va kirlar yopişadi. Iliq va nam muhitda bu aralaşma bakteriya va zamburuğlar köpayadigan joyga aylanadi.
Yoqimsiz hidning yana bir sababi – suvni tökiş şlangi yoki kanalizatsiya trubasida turli çiqindilar tiqilib qolişi mumkin. U kir suv oqib ketişiga xalaqit qiladi va suv kir yuviş maşinasida qoladi. Namlik moğor köpayişiga hissa qöşadi.
Kir yuviş maşinasidagi hidni qanday yöqotiş mumkin?
Agar moğor hidi kiyimlaringizga ötişini istamasangiz, texnikani tozalang. Bu juda oson.
1-qadam: Kir kiyim va kukunsiz servis yuvişni amalga oşiring
40 daraja haroratda kir yuvsangiz, moğor va bakteriyalar ölmaydi. Şuning uçun bir oyda bir marta kir kiyimlar va kukunsiz servis kir yuvişni amalga oşiring. Maşinadan foydalaniş yöriqnomasini öqing. Işlab çiqaruvçi bunday servis yuvişda qanday sikldan foydalaniş haqida yozgan bölişi mumkin. Agar yozilmagan bölsa, maksimal haroratdagi eng uzoq rejimda yuving. Ana şunda baraban va suvni oqizib yuboriş şlangini tozalab olasiz. Kimyoviy vosita örniga uyda bor narsalardan ham foydalaniş mumkin:
- Soda va sirka. Yarim stakan suvga şunça miqdorda soda solib, aralaştiring. Hosil bölgan eritmani yuviş vositasi uçun möljallangan joyga quying. Maşina barabaniga esa 2 stakan sirka quying.
- Limon kislotasi. Bir stakan granulali kislotani maşina barabaniga seping. Servis kir yuviş jarayonidan keyin kislota qoldiqlarini yuvib taşlaş uçun çayiş rejimini yoqing.
- Oqartiruvçi vosita. Kukun soliş joyiga 60 ml dan köp bölmagan miqdorda suyuqlik quying. Yuviş vositalarini qöşmang, bu maşinani işdan çiqarişi mumkin. Servis kir yuviş jarayonidan keyin barabandan oqartiruvçi vosita hidi keladi. Jarayonni heç qanday vosita solmagan holda yana bir marta takrorlang.















