Afğonistonning Nangarxor viloyatidagi töylardan biriga qurollangan şaxslar bostirib kirib, odamlarni otib taşlagan. Bu haqda köplab naşrlar, xususan, CNN yozmoqda.
Qurollangan şaxslar özini «Tolibon» vakillari deb taniştirib, kamida ikki kişini otib taşlagan, önlab odamlar yaralangan. Ma'lum bölişiça, qurollangan odamlar töyda musiqa qöyilgani sabab bostirib borgan va şundan janjal yuzaga kelgan.
«Tolibon» rasmiy vakili Zabihullo Mujohid töyxonaga hujum qilganlar toliblar emas, aksinça harakat nomini qora qilmoqçi bölganlar ekanini aytdi. «Islom amirligida heç kim insonlarni ajablantiriş uçungina ularni musiqa yoki boşqa narsadan qaytarişga haqli emas», degan Mujohid matbuot anjumanida.
Ma'lum bölişiça, töyda tört nafar juftlikning nikoh oqşomini ötkaziş rejalaştirilgan va ular töyda musiqa qöyilişi uçun «Tolibon»ning mahalliy vakillaridan ijozat sörab, faqat ayollar böladigan joyda musiqa çalinişiga ruxsat olgan. Qurollangan odamlar töy vaqti bostirib borib, musiqa uskunalarini sindirib taşlamoqçi bölgan. Odamlar qarşilik körsatgaç, ularga qarata öq otişgan. Hujum qilgan uç odamdan ikki nafari «Tolibon» tomonidan qölga olingan.
Ma'lumot uçun, «Tolibon»ning 1996-2001 yillarda davom etgan oldingi hukmronligi davrida Afğonistonda musiqa rasman taqiqlangandi. Ammo hozirda hukumat tepasiga kelgan harakat hozirça bunday çeklovni ilgari surgani yöq.
Töyda otişma sodir bölgan Nangarxorga IŞID vakillari ham ança faol va bu harakat «Tolibon»ni obrösizlantiriş bir neça marta yuqoridagi kabi harakatni amalga oşirgani ma'lum.













