Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga köra, Ergaş Şoismatovga orden davlat boşqaruvi organlaridagi köp yillik samarali mehnati, Özbekiston va Tojikiston örtasidagi strategik şeriklikni har tomonlama çuqurlaştiriş, köp qirrali va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yangi bosqiçga kötariş yölidagi sermahsul faoliyati, özbek va tojik xalqlari örtasidagi döstlik va hamjihatlik riştalarini yanada mustahkamlaşga qöşayotgan salmoqli hissasi uçun berildi.

Ergaş Şoismatov 1951 yilda tavallud topgan, Toşkent politexnika institutini tamomlagan. U turli yillarda energetika va elektrlaştiriş vaziri, «Özbekenergo» kompaniyasi raisi (2001−2006 yillar), boş vazir örinbosari (2006−2010 yillar) — Geologiya, yoqilği-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari böyiça majmuasi rahbari bölgan.

E.Şoismatov 2014 yil fevralidan energetika xodimlari kasaba uyuşmalari Respublika kengaşi raisi bölib işlagan, 2016 yil dekabrida «Öztransgaz» kompaniyasi boşqaruvi raisligiga tayinlangan. 2017 yil avgustida u boşqa işga (Energetika xodimlari kasaba uyuşmalari Respublika kengaşi) ötişi munosabati bilan uning örniga Alişer Mustafoyev kompaniyaning yangi rahbari etib tayinlangan.

2018 yil fevral oyida Ergaş Şoismatov Tojikistondagi missiyasini yakunlagan Şoqosim Şoislomov örniga Özbekistonning yangi elçisi böldi.