Oksford ingliz tili luğati “Vax” sözini 2021 yil sözi deb topdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Luğat muharrirlarining aytişiça, 2021 yilda vaksinaga doir “double-vaxxed” (ikki marta emlangan), “unvaxxed” (emlanmagan) va “anti-vaxxer” (emlanişga qarşi) sözlari ham muomalaga juda faol kirib kelgan.
Oksford ingliz tili luğati boş muharriri Fiona Makfersonning aytişiça, “vaks” sözi kamida 1980 yillarga borib taqaladi, biroq u joriy yilga qadar kamdan kam qöllangan
“Vax” va “vaxx” yozuvdagi umumqabul qilingan variantlar sanaladi, biroq bitta “x” qöllanuvçi şakli köproq uçraydi.
Ta'kidlanişiça, joriy yilda “pandemiya” sözini qöllaş ham 57 ming foizdan ortiq körsatkiçga ortgan.
Oxford English Dictionary'dan taşqari, Collins ham özining yil sözini aniqlaydi. 2020 yilda Collins “lockdown” (lokdaun) sözini tanlagandi.
Oxford esa 2020 yil juda köp hodisalarga boy bölganini ta'kidlab, bir neça yangi sözlarni yil sözlari deb topgandi. Bular: “lockdown” (lokdaun), “bushfires” (örmon yonğinlari), “Covid-19”, “Black Lives Matter” (Qora tanlilarning hayoti muhim), WHF (“working from home” – uydan işlaş), keyworkers (“asosiy xodimlar”), “furlough” (vaziyat taqozosi bilan xodimga majburan berilgan ta'til).
2021 yilda Oxford tomonidan yil sözi deb topilgan “vax” 1799 yildagi inglizça manbalarda ilk marta uçraydi.
Bu söz lotin tilidagi “vacca” sözidan kelib çiqqan bölib, sigir ma'nosini bildiradi. Oksford ingliz tili luğatiga köra, bu ingliz vraçi va olimi Edvard Jannerning yengil infeksiya – sigirlarda uçraydigan çeçakni qöllagan holda çeçakka qarşi vaksina yaratiş ustida tajribalar ötkazgani bilan boğliq.
Oxford Languages ma'lumotiga köra, loyihaning til resursi 14,5 milliard sözdan iborat. Bu baza har kuni yangilab boriladi.











