12:37 / 01.11.2021
6166

Sergey Lavrov: Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarda vaziyat beqarorlashishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak

Foto: TASS

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov «Rossiya 24» telekanaliga bergan intervyusida Afg‘onistonda «Tolibon» hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng Markaziy Osiyo davlatlarida siyosiy vaziyat beqarorlashishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya uchun Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi vaziyat muhim ahamiyatga ega.

«Afg‘onistondan Markaziy Osiyoga terrorchilik va narkotik tahdidlari kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak va bu muammolarni Afg‘onistonning o‘zida hal qilish zarur. Ayni paytdagi asosiy vazifa mintaqadagi ittifoqchilar barqarorligini ta'minlash, chunki Markaziy Osiyodan bo‘lgan ittifoqchilarimiz bilan bizning hech qanday chegaramiz yo‘q, deyarli hammasi bilan vizasiz rejimga egamiz», — dedi u.

Avvalroq, Lavrov Afg‘oniston masalasi bo‘yicha o‘tkazilgan «Moskva formati» yig‘ilishida ham bu haqda fikr bildirgandi.

«Biz toliblar harakatini — bu haqda hurmatli delegatsiya bilan gaplashdik — Afg‘oniston hududidan uchinchi mamlakatlar manfaatlariga, birinchi navbatda qo‘shni mamlakatlar manfaatlariga qarshi foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik liniyasiga qat'iy rioya etishga chaqiramiz, Markaziy Osiyo mamlakatlari — bizning do‘stlarimiz va ittifoqchilarimiz», degandi u uchrashuv avvalida.

Mavzuga oid
Top