Xitoyda uçar avtomobil işlab çiqariladi

Xitoyning XPeng avtomobil işlab çiqariş kompaniyasi uçadigan avtomobil prototipini namoyiş etdi. Ulov HT Aero deb nomlanadi. U taşqi körinişidan Xpeng P7 avtomobilini eslatadi: maşina uç eşik va ikki örindiqli bölib, elektr dvigatel va parvoz parraklari bilan jihozlangan.

Foto: Xpeng

Avtomobilning uzunligi 5,5 metrni taşkil etadi. Uning kuzovi Xpeng P7 modelinikiga nisbatan 50 foizga yengil. Maşina havoda tezligini soatiga 130 kilometrga yetkaza oladi, parvoz vaqti 30 daqiqaga teng.

Xpeng uşbu avtomobilni 2024 yildan ommaviy işlab çiqarişni rejalaştirgan. Uning narxi bir million yuan (156 ming 500 dollar) atrofida böladi. 

Google’ning eng arzon smartfoni

Google Hindistonning Reliance Jio kompaniyasi bilan birgalikda işlab çiqarilgan Jio Phone Next smartfonini taqdim etdi.

Smartfon 2 GB tezkor va 16 GB doimiy hamda 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiraga ega ikkita versiyada çiqariladi. Batareya siğimi 2500 mAs.

Foto: gizchina.com

Jio Phone Next 13 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kameraga ega. Basic versiyasining narxi 66 dollar va Advanced versiyasining narxi 93 dollarni taşkil etadi.

309 km/soat tezlikda harakatlana oladigan elektromobil

Hindistonning Vazirani Automotive kompaniyasi Ekonk elektr giperkarini taqdim etdi. Bir örinli elektromobilning quvvati 722 ot kuçiga teng, oğirligi 738 kg. Elektromobil 2,54 soniya içida tezligini soatiga 100 kilometrga yetkaza oladi. Uning maksimal tezligi 309 km/soatni taşkil etadi. Avto elektr batareyalarini sovituvçi maxsus tizim bilan jihozlangan.