Tesla qiymati ilk bor 1 trillion dollardan oşdi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

“Duşanba kuni Tesla aksiyalari narxi 12 foizga ösib, 1025 dollarga yetdi va kompaniyaning bozor qiymati 1 trln dollardan oşib ketdi”, – deyiladi xabarda.

Kompaniya aksiyalari narxi Hertz kompaniyasi yil oxiriga qadar 100 ming dona Tesla avtomobili sotib olişi haqida e'lon qilganidan söng kötarilib ketdi.

Qayd etilişiça, AQŞda faqat Apple, Microsoft, Amazon va Alphabet kompaniyalari Tesla’dan qimmatroq.

Ilon Mask kompaniyasi 2021 yilning uçinçi çoragida uç milliard dollardan ortiq sof foyda körgan.

Avvalroq Maskning boyligi 250 milliard dollardan oşgani xabar qilingandi.