Talabaga madad qanday loyiha?

Bu yoshlarning ta'lim olishiga ko‘maklashish maqsadida «Temir daftar»ga kiritilgan oilalar farzandlari va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning oliy ta'lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarini to‘lab berishga qaratilgan loyiha. U Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 250-son hamda 450-son qarorlariga muvofiq 2021 yilning 18 oktyabrda ishga tushirildi.

Kimlarga kontrakt puli to‘lab beriladi?

  • oilasi «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning farzandlari;
  • mehribonlik uylari, bolalar shaharchasi bitiruvchilari;
  • ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan yoshlar;
  • to‘liq bo‘lmagan oila (yolg‘iz ona, ota)ning farzandlari;
  • oila boquvchilarining kamida bittasi birinchi guruh yoki har ikkalasi ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan oila farzandlari;
  • I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan yoshlar;
  • jazoni ijro etish muassasalaridan jazo muddatini o‘tab chiqqan yoshlar;
  • «ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan oila farzandlari;
  • ota-onasidan biri yoki har ikkisi yoshga doir pensioner bo‘lgan yoshlar;
  • yosh er-xotin talabalar;
  • oilasida ikki yoki undan ortiq farzand kontrakt asosida o‘qiyotgan oilalarning farzandlari.

Izoh: ushbu loyihada bakalavriatning kunduzgi, sirtqi, kechki va maxsus sirtqi yo‘nalishlari hamda magistraturaning kunduzgi yo‘nalishi talabalariga to‘lab berilishi mumkin.

Kontrakt pulining qancha qismi to‘lab beriladi?

To‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarini to‘lab berish tuman, shaharlardagi «Yoshlar daftari» jamg‘armasiga viloyat budjetining orttirib bajarilgan qismidan tushiriladigan mablag‘lar hisobidan vasiylik kengashi qaroriga muvofiq to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab beriladi.

Ariza qanday topshiriladi?