26 oktabr kuni London & Partners notijorat tashkiloti va Dealroom.co kompaniyasi tomonidan e'lon qilingan yangi hisobotga ko‘ra, Buyuk Britaniya poytaxtidagi iqlim texnologiyalari sohasi startaplari jami qiymati bir yil ichida deyarli uch barobar oshdi va 28 mlrd dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkich mahalliy iqlim startaplari ekotizimi 941 mlrd dollar bo‘lgan San-Fransisko ko‘rfazi hudididangina ortdadir.

Londonda iqlim startaplarining ko‘payishi

Butun dunyoda iqlim texnologiyalarining jadal rivojlanishi transport va energetika sohasidagi yechimlarga katta sarmoya kiritilishi bilan bog‘liq. 2021 yilda iqlim texnologiyalariga yo‘naltirilgan jami investitsiyalarning 78 foizi aynan ular ulushiga to‘g‘ri keldi. Londonda ham xuddi shu holat kuzatilmoqda. U yerda iqlim texnologiyalaridagi venchur investitsiyalarning 60 foizi energetika sohasidagi kompaniyalarga yo‘naltirilmoqda.

Londondagi iqlim texnologiyalari sohasidagi startaplarning yalpi qiymati. Infografika: London & Partners, Dealroom.co 

Qolgan 40 foiz investitsiyalar dasturiy ta'minot, yopiq sikl iqtisodiyoti va oziq-ovqat sohasidagi startaplarga yo‘naltirildi. Hisobotda yozilishicha, ushbu sohalar investitsiyalarning tobora katta ulushini jalb qilmoqda. Shahar fermalari yetkazib beruvchisi Crate to Plate, iqlim xavfi platformasi Cerves va yopiq sikl iqtisodiyoti Circulor misol tariqasida keltirilgan.

So‘nggi yil ichida ekotizim qiymati ikkita muvaffaqiyatli ekzit sababli keskin o‘sdi. Bular – chiqindilari nolga teng bo‘lgan jamoat transporti ishlab chiqaruvchi Arrival hamda foydalanilgan buyumlarni xarid qilish uchun mo‘ljallangan ilova Depop’dir. Sentabr oyida Octopus Energy tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha guruh Generation Investment bilan 600 million dollarga kelishuv imzoladi. Bu esa uning bahosini sezilarli darajada oshirdi.

Londonda istiqbolga ega bir necha startap mavjud. Hisobotga ko‘ra, Newcleo (yadro bo‘linishi texnologiyasi), Olio (oziq-ovqat chiqindilarini qayta ishlash), Bulb (energiya bilan ta'minlash), ), Zenobe (akkumulyatorlar), Bbox (plug-and-play modeli bo‘yicha quyosh tizimlari), shuningdek, Highview (energiyani saqlash) shular jumlasidan.