Jarayon Buxoro xalqaro aeroportida 29 oktyabr kuni ötkazilgan. «Uzbekistan Airways Technics» MÇJ mutaxassislari ilk marta bunday ta'mirlaş bilan şuğullanişdi, deb yozmoqda korxona rasmiy sayti.
Samolyotning CFMI Leap-1A rusumli birinçi dvigatelidagi parrak qurilmasining 4-kurakçasi noma'lum jism tegişi natijasida nuqsonga uçragan, şu sababli uni tezlik bilan almaştiriş talab etilgan.

Masala juda murakkab va mas'uliyatli bölib, parametrlarni ölçaş va dvigatel tizimining işga yaroqligigini sinovdan ötkaziş bilan boğliq aniq tekşiruvlarni öz içiga qamrab oladi. Kurakçalar almaştirilgaç, dvigatellar örnatilgan tartibga qat'iy rioya qilingan holda işga tuşiriladi. Bu işlarning barçasi «Uzbekistan Airways Technics» MÇJning yuqori malakali mutaxassislari sa'y-harakatlari bilan amalga oşirilgan.


MDH hududida yetakçi texnik xizmat körsatiş markazlaridan biri sanaluvçi «Uzbekistan Airways Technics» texnik xizmat körsatiş böyiça ma'qullangan taşkilot bölib, Yevropa (EASA Part-145) hamda Özbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Bermud orollari, Kuvayt, Qozoğiston va Tojikiston kabi davlatlarning aviatsiya hukumati sertifikatlariga ega.
Eslatib ötamiz, «Uzbekistan Airways» milliy aviakompaniyasi parkida ham superzamonaviy ikkita Airbus A320 NEO samolyotlari mavjud. Ulardan birinçisi 2019 yil 11 mart kuni Toşkentga kelib qöngan.








