Sudyalar oliy kengaşi matbuot xizmati xabariga köra, 6 nafar nomzod navbatdagi 10 yillik muddatga, yana uç nafar sudya vakolat muddatiga qayta tayinlandi, 2 nafari zaxiraga qoldirildi. Zaxirada qolganlarga bir oydan keyin yana bir bor öz omadini sinab köriş imkoniyati beriladi.
Şuningdek, kengaş sudyalik faoliyatida xato-kamçiliklarga yöl qöygan 4 nafar sudyani intizomiy javobgarlikka tortiş masalasini ham muhokama qildi. Ularning 3 nafarini intizomiy javobgarlikka tortişga rozilik berildi, bir nafariga nisbatan rad etildi.
Sudyalar oliy kengaşining tegişli qarorlariga muvofiq:
- Jamşid Botirov - sudyalik lavozimida bölişning navbatdagi ön yillik muddatiga Samarqand viloyat sudining jinoyat işlari böyiça sudyasi lavozimiga;
- Dilşod Komilov - sudyalik lavozimida bölişning navbatdagi ön yillik muddatiga, beş yil muddatga Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudining raisi lavozimiga;
- Dilmurod Madaminov - sudyalik lavozimida bölişning navbatdagi ön yillik muddatiga, beş yil muddatga Namangan viloyati jinoyat işlari böyiça Pop tuman sudining raisi lavozimiga;
- Tölqin Abduraimov - sudyalik lavozimida bölişning navbatdagi ön yillik muddatiga, beş yil muddatga Surxondaryo viloyati jinoyat işlari böyiça Muzrabot tuman sudining raisi lavozimiga;
- Habibullo Sarmanov - sudyalik lavozimida bölişning navbatdagi ön yillik muddatiga, beş yil muddatga Sirdaryo viloyati jinoyat işlari böyiça Şirin şahar sudining raisi lavozimiga;
- Şerzod Toşpölatov - sudyalik lavozimida bölişning navbatdagi ön yillik muddatiga Samarqand viloyati fuqarolik işlari böyiça Kattaqörğon tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Şuningdek:
- Luqmonboy Asadov - sudyalik vakolati muddati davrining beş yil muddatiga Samarqand viloyati Pastdarğom tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;
- Ruslan Zoirov - sudyalik vakolati muddati davriga Qaşqadaryo viloyati fuqarolik işlari böyiça Qarşi tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi.
Bundan taşqari, Laziz Abdullayev sudyalik vakolati muddati davriga Qaşqadaryo viloyati fuqarolik işlari böyiça Yakkaboğ tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va şu munosabat bilan Qaşqadaryo viloyati fuqarolik işlari böyiça Qarşi tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.












