Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, inspeksiya tomonidan mahalliy budjetning orttirilgan mablağlari hisobidan maktab ta’limini rivojlantiriş uçun ajratilgan mablağlar tahlil qilingan.
Maktablarga mablağ ajratiş böyiça eng faol viloyatlar:
- Andijon viloyati (bir öquvçiga – 95 260 söm);
- Qoraqalpoğiston Respublikasi (bir öquvçiga – 86 350 söm);
- Toşkent şahri (bir öquvçiga – 46 080 söm).
Eng kam pul ajratgan viloyatlar esa
- Jizzax viloyati (bir öquvçiga – 9 940 söm);
- Samarqand viloyati (bir öquvçiga – 9 260 söm);
- Namangan viloyati (bir öquvçiga – 6 960 söm).
2020 yilda 22 ta tuman va şaharda: Arnasoy, Baxmal, Mirzaçöl, Yangiobod tumanlari, Jizzax şahri, Urganç şahri, Boyovut, Oqoltin, Sardoba, Çust, Norin, Uyçi, Namangan, Danğara, Söx, Toşloq, Farğona tumanlari, Termiz şahri, Denov, Muzrabot, Qumqörğon tumanlari va Angren şahrida maktab ta’limi uçun hokimliklar tomonidan mablağ ajratilmagan.













