Gretsiyaning Spyros Panopoulos Automotive kompaniyasi özining Chaos deb nomlangan avtomobilini namoyiş etdi.

Avtomobil 2049 yoki 3065 ot kuçiga ega dvigatelli versiyada sotuvga çiqadi. U tört litrli V10 dvigateli bilan jihozlangan. Motorning barça qismlari 3D-printerda tayyorlangan. Maşinaning oğirligi 1272 kilogramm.

Avtomobilning birinçi versiyasi 1,9 soniya içida tezligini 100 kilometrga, 7,9 soniya içida esa soatiga 300 kilometrga yetkaza oladi. Kompaniyaning qayd etişiça, Chaos dunyodagi eng tezkor avtomobil hisoblanadi.

Salonga barmoq izlarini aniqlovçi sensor va haydovçini taniy oladigan kameralar örnatilgan. 

Maşinaning narxi 5,5 mln yevrodan 12,4 mln yevrogaça böladi.