Navoiy viloyati IIB Kinologiya xizmati faoliyatini muvofiqlaştiriş bölimida hozirgi kunda 56 ta xizmat iti parvarişlanmoqda. Şundan 43 tasi nemis ovçarkasi bölsa, 4 tasi Şarqiy Yevropa ovçarkasi. Uşbu itlarning 44 tasi maxsus tayyorgarlikdan ötgan. Xususan, ularning 19 tasi “iz-qidiruv”, 14 tasi giyohvand va 8 tasi portlovçi moddalar izlab topiş, 3 tasi esa antiterror bilan “şuğullanadi”.


“Asosan viloyathududidajoylaşganyöl-patrulmaskanlari, blok-postlarda, avto va temir yöl vokzallarida hamda aeroportda xizmat olib boramiz. Xizmat davomida qöşni viloyat hamda qöşni davlatlardan aylanma yöllar orqali kirib keladigan giyohvand va portlovçi moddalar, öqotar qurollarni aniqlaymiz. Asosan nemis ovçarkasi va Şarqiy Yevropa ovçarkalaridan foydalanamiz. Itlar har kuni veterinariya xizmati tomonidan nazorat qilib boriladi. Har bir xizmat itiga bir kunda 400 gramm göşt va 600 gramm guruçyokisuliyormasiberiladi”, — deydi Navoiy viloyati IIB Kinologiya xizmati faoliyatini muvofiqlaştiriş bölimi xizmatni taşkillaştiriş bölinmasi boşliği Akmal Qobilov.

Ta'kidlanişiça, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida xizmat itlari bilan 332 marotaba voqea joyiga çiqilgan hamda 96 ta holatda jinoyatlar xizmat iti yordamida foş qilingan. Xususan, Molli kabi itlarning yordamida 61 ta öğirlik, 27 ta giyohvand moddalar bilan boğliq, 1 ta qotillik, 1 ta bosqinçilik, 1 ta talonçilik jinoyatlari issiq izida foş etilgan. Uşbu davrda itlar yordamida aniqlangan giyohvand moddalar miqdori 566 grammni taşkil qiladi.


“Molli bilan 5-6 yildan beri xizmat olib boraman. Uşbu davrda u 15 ga yaqin jinoyatni aniqlagan. Masalan, yaqinda Narpay blok-postida xizmat olib borayotgan paytimda Molli harakatlanib kelgan “Nexia” maşinasida giyohvand modda borligini aniqladi. Xizmat itimning sezuvçanligi juda kuçli. Izlab topişi ham yaxşi. Molli jahldor va öyinqaroq it bölib, undan jinoyatlarni foş qilişda samarali foydalansa böladi”, — deya ta'kidlaydi kinolog Davron Qurbonov.










