Özbekiston prezidenti farmoniga asosan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Şuhrat Sodiqov öz lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Şuningdek, hukumat qarori bilan boş vazir maslahatçisi − IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantiriş masalalari departamenti boşliği Olimjon Umarov lavozimidan ozod qilindi.

Uşbu ikki iste'fo ham Özbekistonda Telegram va boşqa ijtimoiy tarmoqlar bloklanişi ortidan röy berdi.

Avvalroq prezident administratsiyasiga aloqador «Nigoh» kanalida ham uşbu mulozimlar iste'fosi haqida xabar qilingandi.

Şuhrat Sodiqov (1969 yilda tuğilgan) 2006−2008 yillarda «Özbektelekom» kompaniyasi boş direktori örinbosari lavozimida faoliyat körsatgan, 2008−2010 yillarda «Özbektelekom» kompaniyasi boş direktori bölgan, 2010 yildan Vazirlar Mahkamasida Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari böyiça axborot-tahlil departamenti mudiri bölib işlagan. 

2017−2018 yillarda Özbekiston prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi direktori bölgan. U 2018 yil avgustidan buyon Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri lavozimida işlab kelayotgandi.

Olimjon Umarov 1985 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Oliy ma'lumotli. 2007 yilda Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetini, 2017 yilda Songyungvan universitetini (Janubiy Koreya) tamomlagan. U 2017−2020 yillarda AKT vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlagan, 2020 yil mayida Özbekiston boş vazirining maslahatçisi − IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantiriş masalalari departamenti boşliği lavozimiga tayinlangandi.

Eslatib ötamiz, 3 noyabr kuni «Özkomnazorat» tomonidan Şaxsga doir ma'lumotlar sub'yektlari huquqlarini buzuvçilar reyestriga qöşilgan ijtimoiy tarmoqlar (Telegram, YouTube, Instagram, Facebook va «Odnoklassniki») faoliyati çeklab qöyilişi katta şov-şuvlarni keltirib çiqardi.