Munosabatda ma'lum qilinişiça, 2021 yil 5 noyabr kuni Past Darğom tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça nazorat inspeksiyasi hamda mutassaddi taşkilotlar vakillari iştirokida holat örganilgan.
Örganiş jarayonida Past Darğom tumani Sançiqul mahallasida yaşovçi fuqaro D.Yu. öz xonadonida noqonuniy kuşxona oçgani va hayvonlar çiqindilarini va qonini belgilanmagan joyga taşlagani aniqlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan fuqaro D.Yu.ga nisbatan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddalariga binoan ma'muriy bayonnomalar rasmiylaştirilgan. Şuningdek, uning noqonuniy faoliyatga esa çek qöyilib, bu kabi holat takrorlanmasligi yuzasidan fuqaroga ogohlantiriş berilgan.
Samarqanddagi anhorga binafşa rang suvni oqizayotgan korxona ma'lum böldi













