Soğliqni saqlaş vazirligi Özbekistonning ayrim hududlarida kuzatilayotgan çang–qum aralaş havodan himoyalaniş uçun şifokorlar tavsiyasini e'lon qildi.
10 ta muhim tavsiya:
- Xona yoki inşootlarning pol va tokçalari, ular içidagi buyum hamda aşyolarni nam latta bilan tozalab turing. Uy yoki bino içiga, atrofiga suv solingan idişlar qöyiş çang darajasini pasaytirişga xizmat qiladi. Qolaversa, nam soçiqlarni osib qöying. Bunday vaziyatda konditsioner va havoni tozalaş tizimlari ham asqatadi.
- Derazalarni yopiq holda saqlang. Ayniqsa, keçasi va erta tongda eşik va oynalarni ziçlab yoping!
- Köproq suv içing!
- Oçiq havoda harakat qilişni çeklang!
- Tez-tez duş qabul qiling! Ayniqsa, taşqaridan uyga kirgaç, bu jarayon nafas olişingizni yengillaştiradi.
- Oğiz va burun böşliğini tuzli eritma bilan yuvib taşlang!
- Nafas oliş tizimi kasalliklariga çalinganlar tibbiy niqobdan foydalanişlari va ularni har 2 soatda almaştirişlari zarur!
- Közlarni yuviş tavsiya etiladi. Ayniqsa, linzadan foydalanuvçilar uçun bu juda muhim.
- Tutunga töla xonalarda çekiş xavfli. Çunki ifloslangan ob-havo hisobiga salomatligimizga yetadigan ziyon bir neça barobar oşib ketadi.
- Agar sizda nafas qisişi, burun bitişi, aksiriş, burun oqişi, közlarda qiçişiş va qizariş, tomoqda kuçli qiçişiş, qiçişiş bilan kuzatiladigan yötal belgilari yuzaga kelsa, tezda şifokor bilan maslahatlaşing.
Ma'lum qilinişiça, ayni paytda uşbu holat yuzasidan Soğliqni saqlaş vazirligining alohida nazorati taşkil etilgan. Vazirlikning 1003 qisqa raqamli Call-markazi faoliyat körsatmoqda.
Şuningdek, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13ta filiali hamda tuman va şahar bölimlarida aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatiş uçun zarur şart-şaroitlar yaratilgan.













