Qayd etilişiça, «Qodiriya» suv inşootida yuqori kuçlanişli elektr ta'minotida nosozlik sababli nasos agregatlarida öçiş holati yuzaga kelgan. Şu tufayli Toşkent şahrining qator hududlarida içimlik  suv ta'minoti bilan boğliq uzilişlar kuzatilmoqda.

Ma'lum qilinişiça, uşbu nosozlik sabab Toşkent şahrining qator hududlarida içimlik suvi ta'minoti bilan boğliq uzilişlar kuzatilmoqda. Hozirgi vaqtda elektr ta'minoti qayta tiklangan, içimlik suv gidravlik rejimini tiklaş böyiça tezkor çoralar körilmoqda. 2-3 soatda Toşkent şahri suv ta'minoti öz maromiga qaytadi.

Gazeta.uz’ning Energetika vazirligi matbuot xizmatiga tayanib yozişiça, nasoslarning işlaşiga ta'sir qilgan «Markaz» nimstansiyasining öçib qolişiga çang böroni sabab bölgan. Eslatib ötamiz, 4 noyabr keçasi havodagi çang miqdorida me'yoridan 5 barobarga oşib ketdi.

Xususan, Mirzo Uluğbek tuman hokimligi ma'lumotlariga köra, avariyaviy holat sabab Mirzo Uluğbek tumani «TTZ-4» mavzesidagi 14/1 va 14/2 lokal qozonxonalarga sovuq suv bosimi pasaygan, sovuq suv kelişi töxtagan. Oqibatda esa 37 ta köp qavatli uylarda issiq suv va issiqlik ta'minoti töxtatilgan. Xuddi şunday Buyuk Ipak yöli köçasida ham 214 ta uyda ta'minot töxtagan.

Şuningdek, tumandagi «TTZ-1», «TTZ-2», «TTZ-4», «Qorasuv-1», «Qorasuv-2», «Qorasuv-3»,«Qorasuv-4» va «Feruza» massivlari, Oltintepa, Sayohat, Xirmontepa, Podşoboğ, Orol va Salom köçalari, Böz-1, Çust köçalarida içimlik suvi ta'minoti vaqtinça töxtatilgan.

«Toşkent şahar suv ta'minoti»  va tuman hokimligi yuzaga kelgan noqulayliklar uçun uzr söragan.