Toşkentdagi Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining toksikologiya qabul bölimida işlovçi şifokor ayolni kaltaklab, jiddiy jarohat yetkazgan şaxsga sud hukmi öqildi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 24 mart kuni yuz bergandi. Soat 23:15 larda Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining toksikologiya qabul bölimiga poytaxtning Olmazor tumanida istiqomat qiluvçi 37 yoşli fuqaro U.N. onasi hamrohligida tekşiruvga olib kelingan. Bemorning onasi toksikolog xonasida öz xizmat faoliyatini ötayotgan navbatçi şifokor N.T.ga öğli bir neça kundan beri spirtli içimlik içayotganini bildirgan.

Navbatçi şifokor öşa vaqtda boşqa bemorni tibbiy körikdan ötkazayotganini va undan söng ularni ham qabul qilib, kerakli yordam körsatişga tayyorligini bildirgan. Şunga qaramay, bemorning onasi tibbiyot xodimlariga nisbatan turli haqoratli va tuhmat sözlar bilan e'tiroz bildirişni boşlagan va bemor U.N. tösatdan şifokor ayolga oğir tan jarohati yetkazgan.

Şifokor N.T. qöşma kraniofatsial jarohati, boş miya yopiq jarohati, boş miyaning oğir darajada lat yeyiş, subaraxnoidal qon quyilişi, burun suyaklari va burun tösiği sinib siljişi, ensa va burun sohalari yumşoq töqimalarining lat yeyişi, nazogemorreya taşxisi va boş miya şişi asorati bilan neyroxirurgiya bölimiga yotqizilgan.

Öşa paytdayoq Soğliqni saqlaş vazirligi mazkur holat yuzasidan qonunga muvofiq hukm çiqarilişini sörab, huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat bilan çiqqandi. Şundan söng tibbiyot xodimiga qöl kötargan fuqaroga nisbatan jinoiy iş oçilib, suriştiruv işlari boşlandi. Jarayon yakunlangaç, 2 noyabr kuni jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudida fuqaro U.N.ga nisbatan sud hukmi öqildi.

Vazirlikning ma'lum qilişiça, sudlanuvçiga jazo turi va muddatini tayinlaşda fuqaroning muqaddam sudlanmagani, öz aybiga iqrorlik bildirib, qilmişidan puşaymonligi, oilaviy şaroiti hamda kasalligi, mahalla fuqarolar yiğini tomonidan berilgan iltimosnoma jazoni yengillaştiruvçi holatlar deb baholandi. Ammo sudlanuvçining mazkur qilmişni ğarazli niyatda hamda mastlik holatida sodir etgani jazoni oğirlaştiruvçi holatlar sifatida baholangani aytildi.

Hukmga köra, U.N.ga nisbatan qöllanilgan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi özgarişsiz qoldirildi. Ayblanuvçiga Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) 1-qismi bilan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.