Özbekistonda kuzatilgan çang böroni Qozoğistonda ham sodir böldi. Bu haqda Sputnik Qozoğiston xabar bermoqda.
Xabarda aytilişiça, butun Çimkent şahri çang-ğubor bilan qoplangan, kuçli şamol qator konstruksiyalarga zarar yetkazgan.
“Ikki kun kuçli şamol esdi. Keyin çang yopirildi. Işga ertalab maşinada kelgandim, kunduzi işni tugatib taşqariga çiqqanimda maşina çang bilan qoplangandi”, - deydi mahalliy aholi vakili.
Şuningdek, çang böroni qöşni Tojikistonda ham kuzatilgani xabar qilindi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari Xöjand şahri çang-ğubor ostida qolganini yozişmoqda.
Özgidrometning ma'lumot berişiça, Qozoğistondan kirib kelgan kuçli şamollar Jizzax, Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlarida davom etdi. Jizzax, Navoiy va Buxoro viloyatida şamol tezligi maksimal 20-25 m/s ga yetdi. Keçga tomon Qozoğiston janubidan esgan kuçli şamollar Sirdaryo viloyati orqali öz yönalişini ğarbiy va janubi ğarbiy tomonga özgartirdi. Davomli esgan kuçli şamollar natijasida çöl landşaftga ega hududlardagi tuproq sirtidagi çang va qum zarralari havoga kötarilib, çang bulutini hosil qildi. Çang buluti şamol yönalişi böyiça avval Sirdaryo viloyatiga, söngra Toşkent viloyati va Toşkent şahrining atmosfera havosida çang-böron va ğuborning keskin ortib ketişiga sabab böldi.
Uşbu hodisa Buxoro, Qaşqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyati hududlarida ham kuzatildi.
4 noyabrdan 5 noyabrga ötar keçasi Qozoğistonning Çimkent viloyati, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida kötarilgan çang va qum zarralarining ma'lum bir qismi qöşni Tojikistonning Söğd viloyati Xöjand tor darasi orqali Farğona vodiysiga kirib keldi.
Mutaxassislar tahliliga köra, çang-ğuborlar atmosfera havosida yaqin kunlar içida saqlanib qolişi ehtimoli mavjud.
Şu munosabat bilan Soğliqni saqlaş vazirligi çang-qum aralaş havodan himoyalaniş uçun şifokorlar tavsiyasini e'lon qildi













