Gazga eng boy davlatlar: Özbekiston neçançi örinda?
|18:11 / 08.11.202150 2497 min
Dunyoda tasdiqlangan gaz zaxiralari 200 trln kubometrni taşkil qiladi, şundan 75 trln kubometri Yaqin Şarq davlatlarida, 65 trln kubometri esa MDH davlatlarida joylaşgan.
Foto: AnadoluFoto: Anadolu
Dunyoda tabiiy gazga boy davlatlar juda köp. Ularning reytingi asosan tasdiqlangan gaz zaxiralarini hisobga olgan holda belgilanadi. Jahonda uşbu reytinglarni tuzuvçi bir neça taşkilotlar borki, ularning ma'lumotlari hamda reyting iştirokçilarini saralaş mexanizmlari ham turliça. OPeK taşkiloti va «Bi-Pi» – British Petroleum – transmilliy neftgaz kompaniyasi şu kabi reytinglarni tuzuvçi eng işonçli va obröli taşkilotlar sifatida tan olingan.
Bugungi maqolada aynan şu ikki manba ma'lumotlaridan foydalanamiz.
Umuman olganda, dunyoda 2020 yil holatiga tasdiqlangan gaz zaxiralari 200 trln kubometrni taşkil qilsa, şundan 75 trln kubometri Yaqin Şarq davlatlarida, 65 trln kubometri esa MDH davlatlarida (asosan Rossiya va Turkmanistonda) joylaşgani aniqlangan. Eng qiziği, gaz zaxiralari böyiça yetakçi davlatlar har ikki manbada ham bir xil, farq faqatgina raqamlarda xolos.
Demak, «Bi-Pi» reytingida davlatlar va ulardagi tasdiqlangan gaz zaxiralari (trln kubometrda):
1. Rossiya — 38
2. Eron — 32
3. Qatar — 24,7
4. Turkmaniston — 19,5
5. AQŞ — 12,9
6. Xitoy — 6,4
7. Venesuela — 6,3
8. Saudiya Arabistoni — 6
9. BAA — 5,9
10. Nigeriya — 5,4
Bu reytingda Özbekiston 24-örinni egallaydi hamda respublikaning tasdiqlangan gaz zaxiralari 1,2 trln kubometrni, yoki butun dunyoda mavjud gaz zaxiralarining 0,6 foizini taşkil qiladi.
OPeK taşkilotining reytingida esa bu raqamlar boşqaça köriniş olgan:
Mavzuga oid
1. Rossiya — 50,2 (umumiy hajmning 24,3 foizi)
2. Eron — 33,9 (16,5 foiz)
3. Qatar — 23,8 (11,5 foiz)
4. AQŞ — 13,4 (6,9 foiz)
5. Turkmaniston — 12,17 (5,91 foiz)
6. Saudiya Arabistoni — 9,4 (4,5 foiz)
7. BAA — 6,09 (2,95 foiz)
8. Nigeriya — 5,76 (2,79 foiz)
9. Venesuela — 5,67 (2,75 foiz)
10. Jazoir — 4,5 (2,18 foiz)
OPeK reytingida Xitoy yetakçilar qatoriga kirmagan bölsa, Jazoir kuçli önlikni yakunlab bergan va Rossiyaning körsatkiçlari keskin oşib ketgan. Özbekiston esa mazkur reytingda 1,522 trln kubometr gaz zaxirasi yoki dunyodagi umumiy gaz hajmining 0,74 foizi bilan 22-örinni egallagan.
Yuqoridagi har ikki reytingdan ham köriş mumkinki, köpçilik öylaganidek Özbekiston tasdiqlangan gaz zaxiralari böyiça yetakçilar qatorida emas, hatto kuçli yigirmatalikka ham kirmaydi.
Gaz zaxiralari mavzusi qiziq albatta, lekin asosiysi uşbu gazni qazib oliş alohida mavzu.
Agar gaz zaxiralari böyiça har qanday reytingda Rossiya mutlaq yetakçilik qiladigan bölsa, gaz qazib oliş borasidagi yetakçilik AQŞ tomonida va şu bilan birga özi qazib çiqargan gazni asosan özi iste'mol qiladi, ya'ni AQŞ içki bozoriga yönaltiradi.
2020 yil yakunlariga köra British Petroleum reytingi böyiça gaz qazib oluvçi yetakçi davlatlar quyidagilardan taşkil topgan (mlrd kubometr/dunyo böyiça umumiy hajmdagi uluş):
1. AQŞ — 914,6 (23,7 foiz)
2. Rossiya — 638,5 (16,6 foiz)
3. Eron — 250,8 (6,5 foiz)
4. Xitoy — 194,0 (5,0 foiz)
5. Qatar — 171,3 (4,4 foiz)
6. Kanada — 165,2 (4,3 foiz)
7. Avstraliya — 142,5 (3,7 foiz)
8. Saudiya Arabistoni — 112,1 (2,9 foiz)
9. Norvegiya — 111,5 (2,9 foiz)
10. Jazoir — 81,5 (2,1 foiz)
Körinib turibdiki, gaz zaxirasi egalarining hammasi ham qazib olişda yetakçi böla olişmagan. Özbekiston bu reytingda 2020 yil natijalariga köra 47,1 mlrd kub va 1,2 foiz bilan 17-örinni egallagan.
Yuqoridagi reytinglarda “Qatar fenomeni” qiziq.
Uşbu kiçkinagina davlat gaz zaxirasi böyiça ham, uni qazib olişda ham yaqqol yetakçilar bilan bir qatordan joy olmoqda. Qatar sönggi yillarda gazni suyultirgan holda eksport qiliş borasida ham yuqori körsatkiçlarga erişib katta daromad olmoqda.
Reytingning umumiy röyxatiga nazar solinsa, 100 dan ortiq davlatda gaz zaxirasining umuman yöqligi yoki umuman qazib olinmasligini köriş mumkin.
“Özbekneftgaz” AJ matbuot xizmati rahbari Siyovuş Hoşimov mavzu yuzasidan Kun.uz'ga quyidagiça izoh berdi:
– Özbekiston reytingda qaysi örinni band qilişidan qat'i nazar, respublika hududida mavjud tabiiy gaz zaxiralarining hajmlarini aniqlaştiriş va ularni qazib çiqarişni samarali taşkil etiş böyiça bir qator çora-tadbirlar amalga oşirilyapti.
Jumladan, zaxiralarning aniq hisobini yuritiş böyiça jahonda yetakçi bölgan “Degoler end Maknoton” kompaniyasini jalb etgan holda joriy zaxiralarning konlar kesimidagi taqsimotini yaxlit tizim asosida şakllantiriş böyiça işlar taşkil etilgan.
Şuningdek, respublika aholisi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy gaz bilan ta'minlaş maqsadida neft va gaz sanoatida faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalar tomonidan tabiiy gaz qazib çiqariş işlari olib borilmoqda.
Yer ostidan qazib olinayotgan gaz zaxiralarining örnini töldiriş maqsadida “Özbekneftgaz” AJ tomonidan yangi maydonlarni özlaştiriş hamda gaz konlarini topişga qaratilgan neft va gaz geologiya-qidiruv işlari amalga oşirilmoqda.
Bu jarayonda barça yer qa'ridan foydalanuvçilar tomonidan geologiya-qidiruv işlarini bajariş orqali uglevodorod xomaşyo bazasini doimiy ravişda töldirib boriş va buning natijasida respublikamizda mavjud zaxiralar hajmini nafaqat kamayib ketişining oldini oliş, balki köpaytirib boriş va yuqoridagi reytinglarda yetakçilar qatoridan örin oliş imkoniyatlarini yaratiş mumkin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi