Sakkizinçi noyabr tongida Polşa mudofaa vazirligi havodan turib olingan videoyozuvni e'lon qildi: bu kadrlarda "Kuznitsa"da (çegaraning Polşa tomonidagi KPP) yuzlab odamlar töplanganini köriş mumkin. Polşa mudofaa vaziri Mariuş Blaşçakning xabar qilişiça, çegaradagi 12 mingdan ortiq harbiy jangovar holatga keltirilgan.

"Biz Polşa çegaralarini himoya qilişga şaymiz", - deb yozdi u Tvitterdagi sahifasida. Xabarlarga köra, Litva ham öz harbiylarini Polşa çegaralari tomon jönatgan.

Polşa hukumati çegaradagi vaziyat tufayli şoşilinç yiğiliş çaqirgan.

Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda migrantlar guruhi (yoki Belarus hukumati ta'biri bilan aytganda "turistlar") öz yuklarini orqalagan holda, formadagi kişilar hamrohligida Polşa çegarasi tomon harakatlanayotgani aks etgan video tarqalgandi. Migrantlar çegaradan uzoq bölmagan hududda, örmon içida yuklarini tuşirib, çodirlar tikişgan.

8 noyabr kuni kunduzi migrantlar xodalar bilan çegaradagi simtösiqlarni buzişga harakat qilişdi. Polşalik çegaraçilar ularga qarşi közdan yoş sizdiruvçi gaz qöllagan.

Minsk Varşavani migrantlarga şafqatsiz munosabatda bölişda ayblab keladi, hozir ham şunday ayblov takrorlanmoqda. Belarus çegara qömitasi "Polşa rasmiylarining befarqligi ğayriinsoniy munosabati qoçqinlarni ilojsizlikdan şunday qadam taşlaşga majbur qilgani" haqida bayonot berdi.

"Belarus tomoni xalqaro aloqa kanallari uzluksiz işlaşi, şuningdek, avtomagistral böylab harakatlanayotgan odamlar xavfsizligini ta'minlaş uçun zarur çoralarni körmoqda", - deyiladi muassasa xabarida.

Varşava esa Minskni provokatsiyaga urinişda ayblaydi. Yevroittifoq davlati rasmiylarining fikriça, Belarus Yaqin Şarqdan qoçqinlarni qabul qilib, ularni Litva va Polşaga yuboriş orqali gibrid uruş olib bormoqda. Aleksandr Lukaşenko köp marta bunday ayblovga munosabat bildirgan, sanksiyalar tufayli Minskda migrantlar muammosini hal qiliş uçun pul yöqligini aytgan.