“Taşkilotlarda mehnat faoliyati bilan boğliq ravişda sodir bölgan baxsiz hodisalar va boşqa jarohatlanişlarni tekşiriş va hisobini yuritiş Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Işlab çiqarişdagi baxsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajariş bilan boğliq boşqa xil zararlanişini tekşiriş va hisobga oliş töğrisidagi nizomga muvofiq amalga oşiriladi.
Taşkilot hududida va uning taşqarisida xodimning mehnat vazifalarini bajarayotganda yuz bergan jarohatlanişi yoki salomatlikning boşqa xil şikastlanişi mehnat faoliyati bilan boğliq ravişda sodir bölgan baxsiz hodisalar hisoblanadi.
Mazkur nizomning 1-bölim, 3-bandiga asosan tabiiy ölim, özini özi öldiriş, jabrlanuvçining öz salomatligiga qasddan şikast yetkazişi, şuningdek, jabrlanuvçining jinoyat sodir qiliş çoğida şikastlanişi holatlari (sud-tibbiy ekspertiza xulosasi yoki tergov organlarining ma'lumotlariga köra) tekşirilmaydi va hisobga olinmaydi”, deyiladi Mehnat vazirligining saytida e'lon qilingan rasmiy munosabatda.
Davlat mehnat inspeksiyasining qöşimça qilişiça, oqibati örtaça oğir yoki oğir va ölim bilan tugagan baxsiz hodisa töğrisida iş beruvçi darhol sxemaga binoan quyidagilarga xabar berişi kerak:
– Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, Toşkent şahar Bandlik boşqarmasiga;
– baxsiz hodisa yuz bergan joydagi hududiy içki işlar organiga;
– iş beruvçining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş şartnomasi böyiça suğurtalovçiga.
Tibbiy xulosaga asosan Bandlik va mehnat munosabatlari va vazirligiga, Toşkent şahar Bandlik boş boşqarmasiga mazkur holat böyiça xabar berilmagan. Buni marhumning otasi Kun.uz’ga bergan intervyusida ham ta'kidlagandi. Ya'ni u Boş prokuraturaga tovon puli sörab murojaat qilganidan sönggina holat Toşkent şahar bandlik boş boşqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan örganilgan va inspeksiya sud tibbiy ekspertizasi ötkazilmagani uçun ölim sababi ma'lum emasligi, bunday holatda tovon puli tölanmasligini ma'lum qilgan.
Eslatib ötamiz, 26 aprel kuni Boş prokuraturaning 33 yaşar xodimi Samir Rahmonov vafot etgan edi. Marhumning otasi A'zamjon Rahmonov farzandi vafotidan olti oy ötib Boş prokuraturani sudga bergani










