77 yoşli Zeman 10 oktyabrdan beri şifoxonada davolanmoqda. U qand kasalligi, oyoqlar nevropatiyasi va jigar sirrozidan aziyat çekadi.
Komissiya qabul qilgan hujjatda ta'kidlanişiça, Zemanning ahvoli yomonlaşmasa, u şifoxonadan işni davom ettirişi va aksariyat vakolatlarini bajara olişi mumkin böladi.
Biroq komissiya rahbari Zdenek Grabaning ta'kidlaşiça, şifokorlar prezidentni öz işini davom ettiriş uçun layoqatsiz deb topsa, senat prezident vakolatlarini boşqa davlat idoralariga vaqtinça topşiriş böyiça darhol qaror qabul qilişi lozim.
Ma'lumotlarga köra, Zeman 8-9 oktyabrda mamlakatda ötgan parlament saylovlarida ğalaba qozongan Spolu (Birgalikda) koalitsiyasi yetakçisi Petr Fialaga yangi hukumatni şakllantirişni topşirdi.













