Italiyaning «Roma» va Özbekiston milliy jamoasi hujumçisi Eldor Şomurodov Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan har hafta aniqlanib kelinayotgan xorij çempionatlaridagi osiyolik eng yaxşi öyinçi nomiga da'vogarlar röyxatiga kiritildi.
OFK rasmiy sayti sönggi bir hafta davomida xorij çempionatlarida özini körsata olgan osiyolik futbolçilarni e'tirof etib, hafta qahramonini aniqlaş uçun sörovnoma ötkazmoqda. Haftaning eng yaxşi futbolçilari qatoriga Osiyodan taşqarida töp surayotgan 10 nafar osiyolik öyinçilar kiritilgan. Bu safar ham faqatgina erkak öyinçilar emas, xorij ligalarida töp surayotgan 2 nafar ayol öyinçilar ham joy olgan.
Hafta qahramonligi uçun Eldor Şomurodovdan taşqari, Eron milliy jamoasi va «Zenit» klubi forvardi Sardor Ozmun, Şahob Zohidi (Zarya / Eron), Said Izzatullohi (Veyle / Eron), Takehiro Tomiyasu (Arsenal / Yaponiya) singari öyinçilar ham da'v'ogarlik qilmoqda.

Eslatib ötamiz, özbekistonlik hujumçi yakunlangan haftada «Venetsiya» bilan öyinda (2:3) «Roma» safida A Seriyadagi ilk golini kiritiş bilan birga Abrahamning goliga assistenlik ham qildi. Whoscored statistik portali rimliklar safidan Eldorni öyindagi eng yaxşi öyinçi deb topib, uni A Seriya ramziy jamoasiga kiritgandi.
Ma'lumot uçun, sörovnoma 11 noyabr kuniga qadar davom etadi. Unda iştirok etmoqçi bölgan muxlislar quyidagi manzilga ötib, ovoz berişlari mumkin.












