Tribuna.uz loyihasi işga tuşgandan buyon köp futbolçilar bilan suhbat uyuştirildi. Ularning hammasida ham öquvçilar özlari uçun nimadir olişlari mumkin. Ammo bugungi suhbat boşqaça böldi. Çinakam dildan suhbat deyiş mumkin buni. Suhbatdoş köpçilikka oşkor qilmagan haqiqatlarini ham gapirib berdi. Demak, bugungi qahramonimiz köp ham intervyu berişni xuşlamaydigan, ammo uzoq yillardan buyon doimiy gol urişni yaxşigina eplab kelayotgan futbolçi – Temurxöja Abduxoliqov.

Milliy jamoa

«Özbekiston milliy jamoasi 2026 yilgi jahon çempionatiga çiqişga tayyorlanmoqda. Hayotga real qaraylik, men öşanda 35 yoşda bölaman. Aduris, Ronaldu kabi futbolçilar bu yoşda ham zör öynadi, men ham kuçim yetgança öynayman, albatta. Töğrisi, milliy jamoa yiğiniga borib, faqat futbol körib qaytişdan çarçadim. 20 ga kirgan vaqtim yoş edim, eng yaxşi formaga çiqqanimda, boşqalar öynadi, hozir 30 yoşga çiqqanimda endi yoşlar öynayapti. Yöq, kimnidir ayblamoqçi emasman, bu nasiba. Maydonda sendan kuçli 11 futbolçini öyinini körsang mayli, lekin sendan kuçli bölmaganlarning öyinini köriş... Bilmadim. Ammo bunda heç kimni ayblamayman. Çunki menga kam bölsa ham imkoniyat berilgan va öşa vaqtda 2-3ta gol urib qöyişim mumkin edi».

Jahon çempionati

«Çiqmadikmi, demak loyiq emasmiz. Qaçon çiqamiz? Xudo xohlagan vaqtda çiqamiz. Nima qilsak çiqamiz? Avvalo, halollikka e'tibor berişimiz kerak. Nafaqat futbolda, balki boşqa sohalarda ham ösişga erişamiz halollik bölsa. Halollik haqida gapirganda, futbolçilarning yoşini kiçraytiriş masalasiga ham töxtalsam. Milliy jamoada, çempionatda yoşi kiçraytirilgan futbolçilar avval ham bölgan, hozir ham bor, bundan keyin bölmasligiga esa harakat qilişimiz kerak. Mana şunaqa işlar qilib qöyamiz-da, keyin bir daqiqa qolganda çiqolmadik, deb yuramiz».

Foto: Tribuna.uz

Futbol nima özi?

«Yevropada muxlislar futbolga qaytganini yiğlab kutib olişdi. Çunki ularda şaharlar megapolisga aylangan, köpçilik «dom»da yaşaydi. Ular şanba va yakşanba kunlari uikendda futbolga boradi. Kimdir xursand bölib, kimdir baqirib ğuborini çiqaradi. Ular futboldan zavqlanadi».

Bolalik

«Bolalikda qiyinçiliklar köp bölgan. Ota-onam oylikdan oylikkaça işlaşardi, men mol boqardim. Töğrisi, bu iş menga yoqmasdi, çunki futbol qolib ketardi. Bir korxona quriliş uçun çuqur qazib, keyin qurilişi töxtab qolgandi. Öşa yerda futbol öynardik. Mahalladan juda köp odam çiqib öynardi. Molni boğlab qöysak, u birovlarning jöxorizoriga kirib ketardi, keyin yugur-yugur.