Bugun, 11 noyabr kuni Toşkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov “Ijtimoiy obunaçilarga ijtimoiy-madaniy gazetalar uçun obuna bölişni taşkillaştiriş töğrisida” farmoyiş imzoladi.

Farmoyişda mazkur hujjat uçun Prezident administratsiyasi rahbarining 2021 yil 27 yanvardagi 02-PA 1-1905-son topşiriği va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 oktyabrdagi 01-07/1-2195-son yiğiliş bayoni asos bölgani yozilgan.

“Mahalliy budjetning 2021 yil III çorak yakuni bilan şakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan viloyatdagi kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda yolğiz keksalar uçun ijtimoiy-madaniy gazetalarga obuna böliş va ijtimoiy obunaçilar röyxatini şakllantirgan holda uşbu gazetalar öz egalariga tarqatilişini taşkillaştiriş maqsadida ilovaga muvofiq viloyat hokimligiga 505 120,0 (beş yuz beş million bir yuz yigirma) ming söm mablağ ajratilsin”, – deyiladi hujjatda.

1 iyuldan hokimlarning qaror va farmoyişlari E-qaror portalida e'lon qilinişi majburiy böldi.

Farmoyiş ilovasidan körinişiça, viloyat hokimi obuna uçun şu yilning 9 mart va 20 may kunlari ham mos ravişda qariyb 510 mln va 498 mln sömdan mablağ ajratgan. Uçta tranşning jami summasi – 1 mlrd 512 ming 660 söm.

Ilovaga köra, ijtimoiy-madaniy gazetalar toifasiga faqat uçta naşr kiritilgan. Bular – “Toşkent haqiqati”, “Taşkenskaya pravda” va “Adabiyot ziyosi” gazetalaridir.

Dastlabki ikki naşrdan kelib çiqilsa, farmoyişda mantiq körinadi: hokimlik 100 foiz özining muassisligidagi gazetani özi sotib olib, muhtojlarga tarqatmoqçi.

Biroq muhtojlar özlari tölayotgan soliqlar evaziga aynan “Toşkent haqiqati”ni öqişni istaydimi yoki boşqa gazetanimi (balki umuman gazeta öqişni istamas?), bu borada ijtimoiy örganişlar olib borilgani yoki borilmagani ma'lum emas.

Farmoyişda sanalgan naşrlar aynan kimlarga yetkazib berilişiga ham aniqlik kiritilmagan. Aftidan, Toşkent viloyat hokimligi “ijtimoiy obunaçilar” degan yangi terminni muomalaga kiritmoqda.

Matbuotni qöllab-quvvatlaş faqat öz tasarrufidagi naşrlar doirasida davom etar ekan, şu naşrlar xalq dardini yoritiş asnosida hokimlikning yoki bevosita hokimning biror faoliyatini tanqid qilişiga işoniş mumkinmi?