Xonadonlar asosan faol yoşlar va imkoniyati çeklangan fuqarolarga berilgan. Uylarning barçasida kanalizatsiya tizimi bilan boğliq muammo bor. Xonadonlardan çiqqan oqava suv uylarning oldigaça çiqib ketgan.

Sizib çiqqan suv ustiga tuproq tortilgan. Ammo şu bilan muammo bartaraf bölmagan. Yiğilgan suv kiçik kolodeslardan boşqa joyga ketmaydi. Ba'zida oqava suv köp qavatli uylar qarşisidagi kollektorga yuboriladi.

Fuqarolarning Kun.uz’ga aytişiça, yozda kanalizatsiyaning badböy hidiga çidab bölmaydi. Yoş bolakaylar nafas yöli bilan boğliq kasalliklarga çalinmoqda. Issiq kunlarda derazalarni oçişning umuman iloji yöq.

Holat haqida mas'ul taşkilotlarga murojaat qilingan. Lekin bir neça yildan beri muammoga yeçim topilmayapti.

Ma'lumot uçun, Qipçoq köçasidagi 6 ta köp qavatli uylarning birinçisi 2015 yili foydalanişga topşirilgan. 2020-2021 yillari qolgan 5 ta köp qavatli uylar foydalanişga berilgan.

Uylarni hududdagi 6 ta quriliş taşkiloti qurgan. Bular – «Mangit invest maxsimum», «Jumurtov tex tamir servis», «Amudaryo maxsus quriliş», «XKMK 317» MÇJlaridir.