Qoçqinlar inqirozi: Polşa Belarus bilan çegarada qurolli nizo röy berişidan xavfsiramoqda
|03:23 / 11.11.202117 03111 min
Polşa hukumati Belarus bilan çegara hududida qurolli eskalatsiya kelib çiqişidan xavotirlanmoqda - şu kunlarda 4 mingga yaqin qoçqin mamlakat çegarasini buzib ötişga harakat qildi. YeI rasmiy Minskni çegarada qasddan ziddiyat yuzaga keltirişda aybladi.
Polşa hukumati matbuot xizmati boşliği Pyotr Myuller seşanba kuni jurnalistlar bilan suhbatda mamlakat rasmiylari «qurolli xarakterga ega eskalatsiya yuzaga kelişi»ni istisno etmayotganini ma'lum qildi. «Belarus jiddiy hodisa qözğamoqçi, ular otişma va qurbonlar bölişiga intilmoqda», degandi avvalroq Polşa taşqi işlar vaziri örinbosari Pyotr Vavjik.
Boş vazir Putinni aybladi
Seşanba kuni parlamentda çiqiş qilgan Polşa boş vaziri Mateuş Moravetskiy bu inqiroz - sönggi 30 yillikda Polşa davlati çegaralari va barqarorligiga qilingan eng jiddiy hujum ekanini aytib, bunda Rossiyani aybladi.
Polşadagi PAP agentligi xabar berişiça, Moravetskiy Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenkoni imperialistik siyosat olib borayotgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bergan vazifalarni ijro etuvçi deb hisoblaşini aytgan.
Rossiya tomoni Belarusning harakatlarini qöllab-quvvatlaşini bildirib, yuzaga kelgan vaziyatda migrantlarni qabul qilişni istamayotgan Ğarbni ayblagan. Rossiya va Belarus ittifoqi davlat kotibi, Putin Sankt-Peterburg meri bölganida ham u bilan birga işlagan Dmitriy Mezensev Minsk seşanba kuni «Belarus va Yevroittifoq çegarasida röy berayotgan sönggi voqealarga xotirjamlik va professionallik bilan javob qaytarayotgani»ni aytdi.
Rossiyaning BMT qoşidagi rasmiy vakili Vasiliy Nebenzya Xavfsizlik Kengaşi yiğilişi vaqtida röy berayotgan hodisalarni 2015 yildagi migratsiya inqirozi bilan qiyosladi, öşanda Yevropaga 1,3 mln qoçqin (asosan Suriyadan) kelgandi. «Öşanda Yevroittifoqning boşqa mamlakatlari çegaralarida ham hozirgi kabi holat yuzaga kelganida siz boşqaça gapirgandingiz. Endi esa sanksiyalar bilan qörqitmoqdasiz. Kimga? Nima uçun? Sizga, Yevroittifoq hududiga ötmoqçi bölganlarni özida qabul qilişni istamayotgani uçunmi?» deya Nebenzyaning sözlarini keltiradi TASS.
Çegarada nimalar bölmoqda?
Polşa milliy xavfsizlik departamenti rahbari Stanislav Zarin seşanba kuni Polşa rasmiylari sönggi oylar davomida aytib kelgan gaplarni takrorladi: çegaradagi migrantlar harakati Belarus qurolli tuzilmalari tomonidan boşqarilmoqda.
Polşa televideniyesi ham çegaradagi migrantlar örgatilgan itlar yetaklagan harbiylar tomonidan qöriqlanayotgani haqida lavhalar namoyiş etdi; ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ham çegara tomon harakatlangan qoçqinlar atrofida qurollangan kişilar borayotganini köriş mumkin.
Mavzuga oid
Migrantlarning özi esa Belarus hukumati ularning telefonlarini tortib olgani va Polşa çegarasi tomon yurişga majburlagani, endi esa ketişga ruxsat berişgani haqida aytişgan.
Barçaning ham telefonlari olib qöyilmagan. «Bizni heç kim heç qayerga ötkazmayapti, na Belarus, na Polşa», degan BBC bilan videoaloqa orqali boğlangan, çegarada uşlanib qolgan iroqlik 33 yoşli Şvan Kurd. U noyabr oyida qanday qilib Bağdoddan Minskka uçib kelgani, endi esa Polşa çegarasi yaqinidagi palatkali lagerda yaşaşga majbur bölayotgani haqida gapirib bergan.
«Boradigan joy yöq. Polyaklar bizni ötkazişmayapti. Tunda ular vertolyotlarda uçib, uxlagani qöyişmayapti. Biz oç qolib ketdik. Na suv va na yegulik bor. Bu yerda yoş bolalar, qariyalar, ayollar va oilalar bor», deydi naşr suhbatdoşi.
Voqea joyida olingan turli video va fotosuratlarda köriş mumkinki, migrantlarning köpçiligi çegaradan ötiş uçun yaxşi tayyorlangan: ular issiq kiyingan, ularda palatkalar bor, şuningdek, boltalar, belkuraklar va çegaradagi simtösiqlarni kesiş uçun katta ombirlar bilan qurollangan.
BELTA/AFP
Polşa NATOga murojaat qilişi mumkin
BBC’ning Polşa va Belarus çegarasida bölib turgan korrespondenti Nik Bikning xabar berişiça, Polşa hukumati çegara hududida favqulodda holat rejimiga amal qilinişini qat'iy nazorat qilmoqda va jurnalistlar çegara çiziğiga yetib borişi va u yerdan kelayotgan xabarlarni tekşirişi deyarli imkonsiz iş.
Polşa içki işlar vaziri örinbosari Matsey Vansik seşanba kuni bergan teleintervyusida Varşava NATOdan Şimoliy Atlantika kelişuvining 4-moddasi böyiça maslahatlaşuvlar ötkazişni söraşi mumkinligini aytdi. Bu moddaga köra NATOga a'zo davlat hududiy yaxlitligi va xavfsizlikka tahdid yuzaga kelgan hollarda ittifoqçilar bilan şoşilinç maslahatlaşuv ötkazilişini talab etiş huquqiga ega hisoblanadi.
Polşa-Belarus çegarasida minglab migrantlar töplangan. REUTERS
Vansik bu hukumat pozitsiyasi emas, özining şaxsiy fikri ekanini qayd etgan.
Belarus hukumati ularning çegaraçilari çegarada kuçaytirilgan rejimda navbatçilik qilayotganini ma'lum qilgan.
Hafta boşida taxminan tört ming qoçqindan iborat kolonna (Belarus tomoni ma'lumotiga köra, ularning aksari Iroq kurdlari) Grodno-Belostok trassasida piyoda yölga tuşib, Polşa-Belarus çegarasining şimoliy uçastkasi tomon harakatlandi.
Videolarda köriş mumkinki, qoçqinlarning ayrimlari - asosan yoş yigitlar - Belarus tomondan kelayotgan qoçqinlarning katta oqimi yölini tösiş maqsadida polyaklar tomonidan örnatilgan simtösiqlarni kesiş va buzib ötişga harakat qilgan. Bundan taşqari, qoçqinlar simtösiqlar ustiga örmondan kesilgan daraxt xodalarini taşlab, köprik qilişga urinişdi. Polşalik çegaraçilar va harbiylar ularni közdan yoş sizdiruvçi gaz bilan çekintirdi.
Seşanba kuni Polşa boş vaziri Mateuş Moravetskiy çegara hududiga bordi
POLISH PRIME MINISTER
Polşa hukumati çegaraning bu uçastkasiga qöşimça soldatlar taşladi, seşanba tongida esa Grodno-Belostok trassasidagi Kuznitsa çegara punkti yopib qöyildi.
Litva favqulodda holat rejimi e'lon qildi
BBC rus xizmatining Boltiq böyi davlatlaridagi korrespondenti Oksana Antonenkoning xabar berişiça, Belarus-Polşa çegarasidagi voqealar bilan bir vaqtda Litvadagi qoçqinlar lagerida ham töpolon boşlangan, yozda bu yerga Belarus tomondan qoçqinlar oqib kela boşlagandi.
8 noyabr kuni - Polşa-Belarus çegarasida minglab qoçqinlar töplangan mahalda Litvaning törtta aholi punktida joylaşgan qoçqinlar orasida ham tartibsizliklar yuzaga keldi, Myadininkay qişloğidagi töpolon vaqtida çegaraçilar közdan yoş sizdiruvçi gaz qöllaşdi. «Migrantlarni tinçlantirişga urinişganida, ayrimlar qurol va boşqa turli buyumlar kötarib qarşilik körsatişdi. Heç kim jabrlanmagan», deya Litva çegara xizmati vakili Gedryus Mişutisning sözlarini keltirgan Delfi.
9 noyabr kuni Litvadagi naşrlar bir neça yuz kişidan iborat migrantlar guruhi Polşa çegarasidan Litva çegarasi tomon yölga tuşgani haqida xabar qildi. Litva çegara xizmati vakili Rokas Pukinskas BBC rus xizmatiga Litva tomoni öz çegarasi yaqinida odamlar köpçilik bölib töplanişini qayd etmagan bölsa-da, çegaradan noqonuniy ötişga urinişlar köpaygan. 8 noyabr kuni litvalik çegaraçilar 73 migrantni tutib ortga qaytargan bölsa, 9 noyabr kuni bundaylar soni yuzga yaqin edi.
Litva parlamenti seşanba kuni hukumatning Belarus bilan çegara hududida favqulodda holat rejimi joriy etiş töğrisidagi taklifini ma'qulladi. Rejim Litva-Belarus çegarasining butun uzunligi böylab 5 kilometr çiziqda, şuningdek, röyxatga oliş punktlarida, Kibartay, Medininkay, Pabrada, Rukla, Vilnyusdagi muhojirlar joylaştiriladigan punktlarda va ular atrofidagi 200 metr masofada amal qiladi.
Favqulodda holat vaqtida Litvaga kirib kelgan va bu yerga örnaşgan muhojirlar yozişmalar, telefon orqali sözlaşuvlar va boşqa aloqa vositalaridan foydalaniş va ma'lumot oliş huquqidan mahrum etiladi, davlat idoralari va muassasalariga murojaat qiliş imkoniyati bundan mustasno. Şuningdek, favqulodda holat davrida davlat zaxiralari mablağlaridan migrantlar oqimi tufayli kelib çiqadigan jamoat tinçligiga tahdidni bartaraf etiş maqsadida foydalaniş mumkin.
Delfi.lt naşrining aniqlik kiritişiça, favqulodda holat rejimi çegara hududida çegaraçilar ruxsatisiz harakatlanişni, köpçilik bölib yiğilişni taqiqlaydi. Bundan taşqari, çegaraçilarga çegara buzib ötilişining oldini oliş maqsadida kuç işlatişga rasman ruxsat berilgan.
Yevropa Lukaşenkoni aybladi
Belarusning qöşnilari, uşbu mamlakatdan borayotgan qoçqinlarning navbatdagi manziliga aylanayotgan Polşa, Litva va Latviya, şuningdek Yevroittifoq va NATO Belarus hukumatini Yaqin Şarqdan ataylab minglab qoçqinlarni Minskka olib keliş va keyin sanksiyalar uçun qasd oliş maqsadida Yevroittifoqqa zarar yetkaziş uçun çegaralarga olib borişda ayblamoqda.
Migrantlar oqimini töxtatiş uçun polşalik minglab çegaraçilar, askarlar va politsiyaçilar jalb etilgan
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Yevroittifoq Belarusga migrantlar taşişda qatnaşayotgan uçinçi davlat aviakompaniyalariga qarşi ham sanksiyalar qöllaş haqida öylayotganini ma'lum qildi. YeI davlatlari taşqi işlar vazirlarining sönggi uçraşuvida şu kabi sanksiyalar muhokama qilingan.
Hozirça Yevroittifoq kengaşi Minsk bilan belaruslik rasmiylarga viza berişni soddalaştiriş böyiça kelişuv bekor qilinganini e'lon qildi.
«Biz migratsiyani bosim vositasiga aylantirişda davom etayotgan Belarus rejimining harakatlarini qat'iy qoralaymiz va inkor etamiz. Odamlarning hayoti bilan bu taxlit öynaşişga toqat qilib bölmaydi. Bugungi qaror bizning bu gibrid hujumga qarşi turişda qat'iyligimizni yana bir bor namoyiş etadi», dedi bu borada YeI kengaşining içki masalalar böyiça raisi va Sloveniya içki işlar vaziri Aleş Xoys.
Yevroittifoqni BMTning qoçqinlar işlari böyiça oliy komissari boşqarmasi ham qöllab-quvvatladi. «Qoçqinlar, boşpana izlayotgan insonlardan siyosiy maqsadlarda foydalanişga yöl qöyib bölmaydi va bunga çek qöyilişi kerak», dedi boşqarma matbuot kotibi Şabiya Mantu.
Minskdagilar tan olmayapti
Prezident Aleksandr Lukaşenko boşçiligidagi Belarus hukumati janubiy mamlakatlardan Yevropa Ittifoqi çegaralariga migrantlarni taşib kelişni taşkillaştirgani haqidagi ayblovlarni rad etib, qöllangan sanksiyalar tufayli Belarusda noqonuniy qoçqinlani öz hududida saqlab turiş uçun pul yöqligini ta'kidladi. Seşanba kuni Belarus çegara qömitasi Polşa hukumatini qoçqinlarga qarşi qurol va kuç işlatişda ayblab, Kujnitsa çegara punktini yopib qöyişga heç qanday sabab bölmaganini qayd etdi.
BBC korrespondenti Pol Adams Iroqdan bölgan, oktabr oyida rafiqasi va uç farzandi bilan Minskka kelgan migrantlardan birining akasi Barva Nusriddin Ahmad bilan gaplaşdi. «Odamlar bilişadi, ulardan foydalanişmoqda, ammo ularda boşqaça kelajak yöq», degan u. Hozirda çegarada turib qolgan odamlar tunda muzlab qolmoqda, ularda suv va yegulik deyarli yöq.
Uning sözlariga köra, duşanba kungi Polşa çegarasi tomon marş migrantlarning özi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda kelişilgan holda uyuştirilgan. Şu bilan birga, Ahmad Belarus hukumati ularni şunday harakatga undaganini ham taxmin qilgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi