Polşa hukumati payşanba kuni yuzlab migrantlar Belarusdagi Belovej örmoni milliy parki yaqinidagi Belovej qişloği hududida çegarani kesib ötişga harakat qilişgani töğrisida xabar berdi. Varşavadan kelgan xabarlarga köra, çegaraçilar tösiqlar oşa harakatni töxtatiş uçun bir neça marta havoga ogohlantiruvçi öqlar uzişgan. Bu vaqtda Yevropa ittifoqi va Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko örtasida dahanaki jang davom etmoqda: Bryusseldagilar gibrid uruş va yangi sanksiyalar haqidagi sözlarni takrorladi, Minskdagilar Yevropani gazdan uzib qöyiş bilan tahdid qildi.

Polşa mudofaa vazirligi ma'lumotiga köra, çorşanba kuni 468 nafar migrant çegarani noqonuniy kesib ötişga harakat qilgan. 42 kişi qölga olingan - ularga Polşa hududini tark etiş buyurilgan va ular Belarusga qaytarib yuborilgan.

Çorşanba kuni eng qizğin voqealar Belovej qişloği atrofida bölib ötgan.

«Hujum boşlanib, harbiylarga turli buyumlar uloqtirildi, keyin tösiqni buzib taşlaşga urinişdi», deya xabar qilgan Polşa mudofaa vazirligi rasmiysi. U harbiy xizmatçilar ogohlantiriş uçun bir neça bor havoga öq uzişgani, şuningdek uşbu hududga qöşimça kuçlar yuborilgani haqida qöşimça qilgan. Şundan söng vaziyat tinçlangan va belaruslik çegaraçilar migrantlarning katta qismini örmon içkarisiga qaytarib olib ketişgan.

Migrantlarning boşqa bir guruhi çegarani Şudzyalovo qişloği yaqinida buzib ötişga harakat qilişdi. Polşa hukumati ma'lumotiga köra, bu yerda harbiylardan birining ustiga katta xoda otişgan va bunga javoban havoga ogohlantiruvçi öq uzilgan. Şundan söng hujum qilgan qoçib ketgan, hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan.

Polşa hukumati bundan keyin qoçqinlar oqimi ortişi mumkinligidan ogohlantirgan. Varşavaning baholariga köra, Belarus va Polşa çegarasi böylab bir neça ming qoçqin joylaşgan va ularning soni kundan kunga ösib bormoqda.

Bryussel qiş yaqinlaşayotganini hisobga olib, çegaradagi holat gumanitar falokatga aylanişi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Içida bolalar ham köp bölgan yuzlab migrantlar palatkalarda tunamoqda, ammo tunda havo harorati noldan pastga tuşişi boşlangan. Ayrimlar şunçaki oçiq osmon ostida uxlaşiga töğri kelmoqda, sönggi haftalarda bir neça kişi muzlab qolib jon bergan.

Boltiq böyi davlatlari harbiy qarama-qarşilik tahdidi haqida gapirmoqda
Yevropa ittifoqining hisoblaşiça, Belarus va Polşa çegarasidagi migratsiya inqirozi Aleksandr Lukaşenko tomonidan uyuştirilgan, ularning fikriça, u 2020 yilgi prezidentlik saylovlaridan keyin mamlakatda boşlangan namoyişlar kuç bilan bostirilişiga javoban Ğarb tomonidan qöllangan sanksiyalar uçun qasos olişga harakat qilmoqda.