Innovatsiya vazirligi xabariga köra, Şabat Xöjayev 1924 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 1946 yilda Toşkent tibbiyot institutining davolaş fakultetini tamomlagan.
1946 yil noyabr oyida SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasining Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar institutiga aspiranturaga öqişga qabul qilingan. Aspiranturani tamomlagaç, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, 1951 yilgaça şu institutda işlagan.
1961 yilda Şabat Xöjayev Toşkent vraçlar malakasini oşiriş institutida yuqumli kasalliklar kafedrasi professori, 1962-1965 yillarda ilmiy-ma'rifiy işlar böyiça prorektor lavozimlarida işlagan, 1964 yildan esa bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasini taşkil etib, 40 yil davomida unga rahbarlik qilgan.
Şabat Xöjayev 1967 yilda Örta Osiyoda ilk bor 1-klinik yuqumli kasalliklar şifoxonasida virusologiya laboratoriyasini yaratdi va Özbekistonda birinçi marta gripp va boşqa ötkir respirator kasalliklar diagnostikasi uçun immunofluoressensiya reaksiyasini joriy qildi. Klinik immunologiyada olib borilgan işlarning katta bosqiçi natijasi ölaroq Moskvada naşr etilgan "Immunologiya böyiça qöllanma" (1973) monografiyasi böldi.
1979 yilda Şabat Xöjayev D.Ivanovskiy nomidagi Virusologiya institutining Özbekistondagi filialini tuzib, unga rahbarlik qilgan. Özbekiston SSV Virusologiya institutiga asos solib, unga 2004 yilgaça rahbarlik qilgan.
Professor Şabat Xöjayev virusli gepatit sohasida iş boşlagan holda Özbekiston aholisini gepatit virusiga qarşi ommaviy emlaş ğoyasini ilgari surib, bosqiçma-bosqiç amalga oşirgan. 1990-1991 yillarda Ş.Xöjayev rahbarligida Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida virusli gepatit B ga qarşi emlaş dasturi işlab çiqilgan.













