Britaniya taşqi işlar vaziri Elizabet Trass Belarus-Polşa çegarasidagi migrantlar bilan boğliq vaziyatga Rossiya javobgar ekanini aytdi. Uning fikriça, Moskva migratsiya inqiroziga çek qöyiş uçun Minskka ta'sir ötkazişi lozim. Trass, şuningdek, Yevropani “Şimoliy oqim-2” gaz quvuriga qarşi sanksiyalar kiritişga çaqirdi.
“Rossiya yaqqol javobgar hisoblanadi. U inqirozga çek qöyiş va muloqot boşlaş uçun Minskka bosim ötkazişi lozim”, deb yozgan Britaniya taşqi işlar vaziri The Sunday Telegraph naşri uçun yozgan maqolasida.
Trassning ta'kidlaşiça, migratsiya inqirozi Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko tomonidan Belarusdagi inson huquqlari buzilişlari va hukumatning işlaridan e'tiborni çalğitiş maqsadida rejalaştirilgan. U Lukaşenko tuzumi migrantlardan “gumanitar oqibatlarga qaramay, barqarorsizlik vujudga keltiriş va hokimiyat tepasida qoliş maqsadida” foydalanayotganini aytgan.
Trass Britaniya NATO sammitida “Yevropa davlatlari erkinliklari, iqtisodiyotlari va demokratiyasiga rahna solayotganlar” tomonidan qöllanayotgan “XXI asrdagi tajovuz usullariga qarşilik körsatişni” taklif qiladi. “Men butun Yevropadagi döstlarimiz bizşa qöşilişini istayman. Bu, misol uçun, “Şimoliy oqim-2” gaz quvuriga birgalikda qarşi turişni anglatadi”, deb ta'kidlab ötgan vazir.
Ayni vaqtda Polşa va Belarus çegarasida migratsiya inqirozi davom etmoqda. Yevropa davlatlari Belarusni uşbu inqirozni ataylab vujudga keltirişda ayblamoqda va Minskka qarşi sanksiyalar kiritişini aytmoqda. Belarus prezidenti bunga javoban Yevropa ittifoqiga Yamal-Yevropa gaz quvuri orqali yetkaziluvçi gazni yopiş bilan tahdid qilgan.
Öz navbatida, Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov migratsiya inqirozida Moskvaning ayblanişini “safsata” deb atagan.









