Özbekistonda elektr quvvati bilan harakatlanadigan avtotransport vositalari (elektromobillar) uçun alohida davlat raqami belgilari işlab çiqarildi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

IIV YHXBB bölinma boşliği Murodbek Şerliyevning sözlariga köra, 2021 yil 1 noyabrga qadar elektromobillar uçun rasmiylaştirilgan röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilari bepul almaştirib beriladi.

Bundan taşqari, auksion savdolari orqali yutib olingan davlat raqami belgilari ham elektromobillar uçun alohida işlab çiqarilişi ma'lum qilindi.

Eslatib ötamiz, 13 avgustda Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasida elektr quvvati bilan harakatlanadigan avtomototransport vositalaridan foydalanişni ommalaştirişga hamda yöl harakati xavfsizligi sohasidagi tartib-taomillarni soddalaştirişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilingandi.

Davlat statistika qömitasining ma'lumotlariga köra, 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida Özbekistonga 9ta xorijiy davlatdan qiymati 10,5 mln AQŞ dollariga teng bölgan 558ta elektromobil import qilingan.