Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasida elektr quvvati bilan harakatlanadigan avtomototransport vositalaridan foydalanişni ommalaştirişga hamda yöl harakati xavfsizligi sohasidagi tartib-taomillarni soddalaştirişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qayd etilişiça, prezidentning “2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida”gi farmonida quyidagilar:

  • avtomobil yöllarida yöl-transport hodisalarining oldini oliş hamda ölim holatlarini, jumladan, piyodalar ötiş joylarining zamonaviy svetoforlar bilan ta'minlanganlik darajasini bosqiçma-bosqiç oşiriş orqali qisqartiriş;
  • notariuslar tomonidan avtomototransport vositasini boşqa şaxsga beriş töğrisidagi şartnomani “yagona darça” tamoyili asosida rasmiylaştiriş nazarda tutilgan.

Belgilanişiça:

  • notariuslar tomonidan avtomototransport vositasini boşqa şaxsga beriş töğrisidagi şartnomani rasmiylaştiriş davomida murojaat qiluvçi taraflar tomonidan avtomototransport vositasi agregatlar raqamlarining röyxatdan ötkaziş raqamlariga muvofiqligi yuzasidan közdan keçiriladi va bu haqda şartnomada aks ettiriladi;
  • notariuslar tomonidan avtotransport vositasini boşqa şaxsga beriş töğrisidagi şartnomalar bilan boğliq ma'lumotlar davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatining elektron ma'lumotlar bazasiga “yagona darça” tamoyili asosida avtomatik ravişda yuboriladi;
  • elektr quvvati bilan harakatlanadigan, elektr dvigatelining quvvati 4 kVt va undan ortiq yoki soatiga 40 va undan yuqori tezlikka ega bölgan avtomototransport vositalari (elektromobil) uçun alohida farqlovçi röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilari joriy etiladi.

Içki işlar vazirligi:

  • 2021 yil 1 oktyabrdan boşlab elektromobillar uçun alohida farqlovçi röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilari bilan ta'minlaş çoralarini köradi;
  • 2021 yil 1 noyabrga qadar elektromobillar uçun rasmiylaştirilgan röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilari qonunçilik hujjatlarida belgilangan tölov va yiğimlar undirilmasdan almaştirib beriladi. Bunda elektromobil egasiga auksion savdolari orqali yutib olingan va oşirilgan tölov stavkasidagi röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilari mos ravişda elektromobillar uçun alohida farqlovçi röyxatdan ötkaziş davlat raqami belgilariga almaştirib berilişini ta'minlaydi.