Jumladan, «öşa kuni çangdan taşqari havo juda quruq ham edi. Nega qömita vakillari bu paytda şahardagi favvoralarni töliq yoqiş va daraxtlarni yuvib çiqiş kabi çoralarni körmadi», deya savol qöydi jurnalistlar.
Savolga qömita boşqarma boşliği Ölmas Sobirov javob berdi.
«4 noyabr kuni Ural va Volga böyidan kelgan sovuq şamol Buxoro, Samarqand, Navoiy va Jizzax viloyatlaridan Qozoğiston hududiga ötib, u yerdagi qumli çang böronlarini qöşib yana bizning hududlarga olib keldi va Toşkent osmonida turib qoldi.
Bunday çang böroniga u şakllangan hududlarda çangni tutib qoladigan şaroit yöqligi, jumladan, hududning asosan adirliklardan iboratligi va ösimliklarning kamligi sabab böldi.

Bu haqda gapirganda, uning tabiiy holat ekanini ham e'tibordan qoçirmaslik kerak. Bu Markaziy Osiyo, Xitoy, Janubiy Amerikadan tortib Avstraliyada ham köp uçrab turadigan holat hisoblanadi.
Bu holatda favvoralarni yoqqaningiz bilan ösimliklar ustida çang ötirib qolgan böladi. Bu töliq emas. Bu yerda qum, tuproq köçişlarining oldini oliş uçun Orol va adirlik hududlarida ösimlik ekişni köpaytiriş kerak», – dedi Sobirov.












