Polşa hukumati Belarusning çegara hududidagi barça mobil telefonlarga bir neça tillarda uşbu miş-mişga işonmaslik söralgan sms-xabarlarni yubordi. Bunday xabar mamlakat şimoli-şarqidagi Kujnitsa çegara punktida ovoz kuçaytiriş orqali ham öqib eşittirildi. Polşa IIV matbuot xizmati huquq-tartibot organlarining barçasi yuqori şaylik holatida turganini ma'lum qilgan.

Belarus-Polşa çegarasida Yaqin Şarqdan Belarusga kelib, çegara orqali Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hududiga ötiş umidida minglab qoçqinlar töplanib turibdi. Polşa, şuningdek, Litva va Latviya ularni çegaradan ötkazmayapti, bu davlatlar çegarada bu qadar köp sonli migrantlar töplanişini sanksiyalar uçun qasos oliş maqsadida Rossiya tomonidan Belarus vositasida uyuştirilgan deb hisoblamoqda. Polşa hukumati Lukaşenko va Putinni «gangsterça taktika» va «gibrid manipulyatsiya» qöllaşda ayblagan. Ikki prezident ham ayblovlarni rad etib kelmoqda.

Polşa IIV bayonotida aytilişiça, dam oliş kunlari migrantlar bir-biriga duşanba kuni çegaraga ularni Germaniyaga olib ketiş uçun avtobuslar kelişi, şundan keyin polşalik çegaraçilar ularni öz tomoniga ötkazişi haqida xabar tarqatişgan. Vazirlik bu ma'lumot biror asosga ega emasligini qayd etgan.

«Polşa Respublikasi çegarasi yaqinida töplangan migrantlar orasida Polşa migrantlarning Germaniyaga tranzitiga rozi bölgani haqida miş-mişlar tarqalmoqda. Bu yolğon», deya yozdi tvitterdagi sahifasida mamlakat içki işlar vaziri Mariuş Kaminskiy. U bu xabarlarni migrantlarni çegarani buzib ötişga undaşga qaratilgan provokatsiya deb atagan.

«Polşa çegarasi qöriqlanmoqda va qöriqlanişi davom etadi. Men bu masalada qat'iy qarorlar qabul qildim», deya qöşimça qildi vazir va Polşa milliy xavfsizlik markazi migrantlarga miş-mişlarga işonmaslikni sörab, beş tilda batafsil ma'lumotlarga havola körsatilgan xabarlar yuborayotganini qayd etgan.

Şanba kuni 223 uriniş
Polşa çegara xizmati örmonda, sovuq havoda bolalari bilan yaşayotgan migrantlarning çegaradan ötiş uçun navbatdagi urinişlari haqida xabar berdi, xususan, ular politsiyaçilarga toşlar otişgan.

Şanba kuni 50 kişidan iborat guruh Stajin qişloği yaqinida tösiqlarni oşib ötgan. Çegara xizmati ma'lumotiga köra, ularning barçasi tutilgan va Belarus tomonga qaytarib yuborilgan.

Yaqin Şarqdan kelgan migrantlar boşi berk köçaga kirib qolişgan va Belarus örmonida yaşaşga majbur bölmoqda / Reuters