Özbekistonda 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida işsizlik darajasi 9,4 foizni taşkil etib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,7 foizga, yanvar-iyun oylariga nisbatan 0,4 foizga kamaygan. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabarida aytildi.
2021 yilning yanvar-sentabr oylarida mehnat resurslari soni 19,3 mln kişini taşkil etib, 2020 yilning şu davriga nisbatan 1,1 foizga yoki 201,4 ming kişiga oşgan.
Iqtisodiyot tarmoqlarida band bölganlar soni 13,6 mln kişini taşkil etib, mos davriga nisbatan 3,1 foizga (403,9 ming kişiga) oşgan.
9 oyda rasmiy sektorda band aholi soni 6,1 mln kişini taşkil qilib, 2020 yilning şu davriga nisbatan yuridik şaxslarda band bölganlar soni 7,9 foizga yoki 450,5 ming kişiga oşgani kuzatilgani aytiladi.
Norasmiy sektorda band bölganlar soni 5,9 mln kişini taşkil etib, joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 4,1 foiz yoki 254,0 ming kişiga kamaygan.
Işga muhtoj bölganlarning umumiy soni 1,4 mln kişini, işsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,4 foizni taşkil etdi. 16-30 yoşgaça bölganlar orasida işsizlik darajasi - 14,9 foiz, ayollar orasida işsizlik darajasi 12,8 foiz böldi.
Joriy yil yanvar-sentabr oylarida respublikada iqtisodiy nofaol aholi 4,3 mln kişini taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 0,6 foizga yoki 26,3 ming kişiga ortişi kuzatildi.













