Milliy jamoamiz sönggi yillarda nisbatan kuçli hisoblanadigan bir qator raqiblarga qarşi örtoqlik öyinlarda maydonga tuşdi. Urugvay, Marokaş, Şvetsiya, Gruziya, avvalroq Ukraina. Bu öyinlarda milliy jamoamiz mağlubiyatga uçraganidan taşqari, boşqa bir umumiylik ham bor – taassurot nuqtayi nazaridan qaralganda, göyoki futbolçilarimiz kuçli raqiblar fonida yomon körinişmadi. Hujumlar, kombinatsiyalar, xavfli vaziyatlar yetarliça böldi ham.
Hamma futbol öynaşni örganib oldi, har qanday jamoaga qarşi teng kuraşiş mumkin, degan gaplar isbotlandimi demak? Unda nega doim Osiyo yetakçilariga qarşi jamoamiz saviyasi yaqqol bilinib qoladi? Nega mağlubiyatlar şu qadar an'ana tusiga kirganki, boşqaça natija sensatsiya ölaroq baholanadi? Axir Yevropada har kim har kimni yutişi mumkinligini körib kelyapmiz-ku...
Keling, javobni kuni keça JÇ saralaşining Yevropa tomonidagi ikki öyin orqali qidirib köramiz.
Rossiya safarda Xorvatiyadan mağlubiyatga uçradi. Hisob atigi 0:1 va uçraşuv taqdirini öyin oxirlaridagi avtogol hal qildi. Durang ruslarni töğridan töğri Qatarga olib borardi. Xorvatiya kuçli jamoa va bu natija juda tabiiy. Lekin öyindan keyingi munozaralar yanayam kattaroq masalani ham örtaga olib çiqdi. Asosiy e'tiroz, rus futbolçilari Xorvatiyaga qarşi deyarli kuraşa olişmagani, butun jamoa bölib himoyaga yotib olingani, bir neça aniq pasdan ortiğini bera olişmagani, umuman öyin sifati. Bunday öyin uslubi agar natija olib kelsa, maqtaniladi, ammo aksi bölsa, natijaga qöşib, ikki barobar tanqidlarga tayyor turiş kerakligi ma'lum.
Rossiya ikkiga bölingan. Bir tomon jamoa öyini, kuraş olib borilmagani, murabbiy va futbolçilarni keskin tanqid ostiga olgan. Narigi taraf esa Xorvatiyaning darajasi yuqori ekani, sönggi JÇ vitse-çempioniga qarşi boşqaça öynaş bugungi Rossiyaning qölidan kelmasligini aytib, vaziyatga real baho berişga urinmoqda.
Asos ölaroq öşa kuni maydonga tuşgan ikki jamoa futbolçilari örtasidagi farqni keltirişdi. Bir jamoa tarkibida Italiya, Ispaniya va Germaniya çempionlari, Çempionlar Ligasi va hatto «Oltin töp» sohibi bor. Ikkinçi tomonda esa, eng «zöri» «Monako»da öynaydi.
Asosiy tarkibda Xorvatiyada uşbu liga vakillari tuşişdi: Italiya -3, Germaniya – 3, Angliya, Ispaniya, Fransiya, Rossiya, Şotlandiya – 1tadan. Ya'ni tarkibning 9 nafari kuçli beşlikda töp suradi.
Rossiya safida birgina Golovin Fransiyada, öz darvozasiga gol urgan Kudryaşov esa Turkiyada. Qolganlar Rossiya çempionati vakillari.
Bu holatda ikkinçi jamoa birinçi jamoani yutiş imkoni bormi va qanday? Şunaqa savol kötarildi.













